Fermer xo’jaligining majburiyatlari:
-mahsulotning muayyan turlarini tayyorlovchi tashkilotga shartnomada
belgilangan miqdorlarda va assortimentda hamda muddatlarda tegishli sifat bilan
yetkazib berish;
46
-ilova qilinayotgan hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirish va mahsulotni
topshirishda kuyiladigan boshqa talablarga (idishga joylash, kadoklash,
koramollarni tamgalash va boshqalarga) rioya etish;
-mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshirish uchun o’z vaqtida tayyorlash.
Tayyorlov korxonasining huquqlari:
-tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda
mahsulotlarning muayyan turlarini belgilangan miqdorlarda va assortimentda
tegishli sifat bilan o’z vaqtida topshirishni talab qilish;
-qishloq xo’jalik mahsulotlari avans summasida nazarda tutilgan xajmlarda
topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq ilgari berilgan avans
mablaglari qoplanishini xo’jaliklardan talab qilish.
Tayyorlov korxonasining majburiyatlari:
-qonun hujjatlariga muvofiq xo’jaliklar bilan tomonlar kelishgan xajmlarda o’z
vaqtida shartnomalar tuzish;
-xo’jaliklarga shartnomalarda belgilangan davrlarda, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar qiymatining kamida
50 foiz miqdorida (chorvachilik mahsulotlari bo’yicha – shartnomalarda
ko’rsatilgan xajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans mablaglari to’lash;
-harid qilinadigan maxsulotning vazni va sifatini to’g’ri aniqlash;
-xo’jaliklar tomonidan yetkazib beriladigan kisholk xo’jaligi mahsulotlarini
shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda harid qilish, ularning
uzluksiz qabul qilib olinishini ta’minlash;
-xo’jaliklar ixtiyorida koladigan mahsulotlarni shartnomada nazarda
tutilgan hollarda davlat standartlari va texnik shartlar talabalariga muvofiq saqlash
hamda ularning holati to’g’risida xo’jaliklarga muntazam ravishda xabar qilib
turish;
-xo’jaliklar ixtiyorida koldiriladigan mahsulotlar sifitining yomonlashishi
oqibatida xo’jaliklarga yetkazilgan zararni qoplash;
-agar shartnomada uzgacha holl naazarda tutilmagan bo’lsa, kishok
xo’jaligi mahsulotlarini kelishilgan jadvalga muvofiq qabul qilib olishni va
tashishini taxminlash;
-harid qilinayotgan mahsulot sifatini amaldagi standartlar talabalariga
muvofiq aniqlash, shartnomada belgilangan narxlarga muvofiq va muddatlarda
mahsulot uchun hisob-kitob qilish;
-qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, tashish va kayta
ishlashda ular nobud bo’lishining oldini olish;
-mahsulotlarni amaldagi standartlarga muvofiq kayta ishlash,sotishga
tayyorlash va ularni sotishga taallukli hujjatlarni rasmiylashtirish;
-xo’jaliklarni idishlar, o’rash materiallari va normativ-texnik hujjatlar
(standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarning ayrim turlarini harid qilish, qabul
47
qilib olish, sifatini baholash tartibini tartibga soluvchi qoidalar) bilan
shartnomallarga muvofiq ta’minlash;
-shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda xo’jaliklarni urug’lik va ekish
materiallari bilan ta’minlash;
-qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlov tashkiloti joylashgan joyda yoki ular
ko’rsatgan boshqa joyda qabul qilib olingan taqdirda xo’jaliklar tomondan
kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini belgilangan muddatlarda qabul qilib olish
YUqorida fermerning va tayyorlov korxonasining huquq va majburiyatlari
keltirildi.
Tayyorlov korxonasidan majburiyatlarni talab qilishdan avval o’z
majburiyatlaringizni bekamu-kust bajarib kuyishingiz va kerak bo’lganda o’z
huquqlaringiz doirasida harakat qilishingiz maksadga muvofiq bo’ladi.
Har bir fermer quyidagilarni bilishi kerak!
1. Mahsulotni tashish va tushirish bo’yicha barcha harajatlar tayyorlov
korxonasi zimmasida bo’ladi.
Mahsulot xo’jalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlov va xizmat
ko’rsatish tashkilotlari xo’jalikka mahsulotni tashish harajatlarining haqikiy vazni
(idishni ham kushib) bo’yicha qoplaydi.
2. Mahsulotni tashish harajatlari butun masofa uchun qoplanadi.
Kontraktatsiya shartnomalari bo’yicha harajatlar mahsulot xo’jalikdan jo’natilgan
joydan boshlab (saralash punkti, brigada, bo’lim, chorvachilik fermasi, yaylov,
markaziy-ombor, xo’jalikning markaziy kurgoni va xokazolar) shartnomada
nazarda tutilgan qabul qilish punktigacha qoplanadi.
3. Xo’jaliklarning transportda tashish va tushirish harajatlari qonun
hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalar va tariflab bo’yicha yoxud
tomonlarning kelishuviga ko’ra belgilanadi.
4. Tayyorlov korxonasining qo’shimcha talablariga rioya kilgan holda
masxulot jo’natish bilan bog’liq shartnomada belgilanmagan harajatlar tegishli
ravishda tayyorlovchi hisobiga to’lanadi.
5. Tayyorlov tashkiloti tomonidan standart talablariga muvofiq bo’lmagan,
shuningdek, konditsiyaga muvofiq bo’lmagan mahsulot qabul qilingan taqdirda
qo’shimcha ravishda sortlarga ajratish tayyorlovchi tomonidan bajariladi, ishlarni
bajarish bo’yicha harajatlar esa qo’shimcha bitim bo’yicha qoplanadi.
SHartnomalarni bajarishning asosiy jihatlarini bilib kuying!
1. SHartnomada mahsulot yetkazib berishning davrlari belgilanishi bilan
birgalikda tovarlarni yetkazib berish jadvallari ham (o’n kunlik, sutkalik va
boshqalar) nazarda tutilishi mumkin.
2. Xo’jalik tomonidan mahsulot tayyorlov tashkilotiga jo’natilganda (etkazib
berilganda) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi, mahsulot
48
tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita xo’jalikning o’zida qabul qilib olingan
taqdirda, qabul qilish-topshirish hujjatlari ilova qilinishi kerak.
3. Xo’jalik tomonidan tayyorlov tashkilotiga shartnomaga muvofiq yetkazib
beriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari davlat standartlari talablariga, texnik
shartlarga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak.
4. Tayyorlov tashkiloti xo’jaliklardan shartnomada nazarda tutilgan
xajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotni fakat qo’shimcha bitim asosida
qabul qilishi mumkin. Xo’jalik bilan tuziladigan qo’shimcha bitim yozma
shaklda rasmiylashtirilishi, tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limida ro’yxatdan
o’tkazilishi kerak.
5. Tayyorlov tashkiloti bilan kelishgan holda xo’jalik mahsulotni keyingi
topshirish davri hisobiga o’tkazgan holda muddatidan oldin topshirishi mumkin.
6. SHartnoma majburiyatlarini bajarishda harid qilinayotgan qishloq xo’jaligi
mahsulotining sifati va miqdorini baholash uning uchun haq o’z vaqtida vat ugri
to’lanishi bo’yicha paydo bo’lgan taqdirda, bunday masalalar va
kelishmovchiliklar tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi tomonidan sudgacha
bo’lgan tartibda yoki xo’jalik sudi tomonidan hal etiladi.
7. Mahsulot qabul qilinishi rad etilganda tayyorlov tashkiloti rad etish x’olati
to’g’risida xo’jalikni yozma shaklda xabardor qilishi shart (tovar-transport yuk
xatiga belgi kuyish, telegraf orkali va boshqalar). Agar tayyorlov tashkiloti
mahsulotni qabul qilish rad etilishi to’g’risida yozma ariza berishdan bosh tortsa,
u holda xo’jalik tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi vakili ishtirokida rad etish
holatinitasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
8. Tayyorlov tashkiloti shartnomaga va topshirish-qabul qilishning
kelishilgan jadvaliga muvofiq tayyorlovchiga takdim etilgan tez buziladigan
mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda, xo’jalik Ushbu mazsulotni o’z
ixtiyoriga ko’ra boshqa shaxslarga sotishi mumkin.
Bunda tayyorlov tashkilotlari mahsulotni qabul qilish rad etilganligi uchun
mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Biz ilovada Vazirlar Maxkamasining 476-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Namunaviy kontraktatsiya shartnomasi»ni keltiramiz. Bu namunaviy shartnoma
biror aniq mahsulot turi va aniq shart-sharoitlar xususiyatlarini hisobga olgan
holda moslashtirib tuziladi.
Eslatma! Tayyorlov korxonalari bilan shartnomalar tuzishda va ularni
bajarishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- shartnomada nazarda tutilgan xzollarda tayyorlov tashkilotlari urug’lik,
ekish materiallari, belgilangan muddatlarda avans to’lanishini, mahsulot xo’jalik
hisobidan tashilganda transport harajatlarining to’lanishini talab qilish;
- shartnomada belgilangan muddatda, assortiment, miqdor va sifatda
mahsulot yetkazib berishni ta’minlash;
- shartnomada nazarda tutilgan xajmlardan ortiqcha yetishtirilganmahsulotni
fakat qo’shimcha bitim asosida qabul qilish lozim;
49
- tayyorlov korxonasi tez buziluvchi mahsulotlarni qabul qilishni rad
etganligi haqda fermer xo’jaligi Ushbu mahsulotni o’z ixtiyoriga ko’ra boshqa
shaxslarga sotishi mumkin, lekin bunda tayyorlovchi tashkilot mulkiy
javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Nazorat va takrorlash uchun savollar:
1. Tayyorlov tashkilotlari bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzish qaysi
muddatlarda amalga oshiriladi?
2. Kontraktatsiya shartnomalarini tuzishda tuman qishloq va suv xo’jaligi
bo’limi hodimlari qanday vazifalarni bajaradi?
3. Kontraktatsiya
shartnomalarida
tayyorlov
korxonasining
qanday
majburiyatlari bor?
4. Kontraktatsiya shartnomalarida fermerning majburiyatlari nimalardan
iborat?
5. Mahsulotni tashish harajatlari qanday to’lanadi?
7-mavzu: SHartnomalarning bajarilishini monitoring qilish tartibi va
umumiy javobgarlik
Reja:
1. SHartnomalarning bajarilishida tomonlarning mulkiy javobgarligi
2. SHartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish bosqichlari
3. SHartnoma intizomi.
SHartnomalarning bajarilishini monitoring qilish tartibi va umumiy
javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Qishloq xo’jaligi
ishlab
chiqarishida
shartnomaviy
munosabatlarni
takomillashtirish
va
majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligirni oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 2003 yil 4sentyabrdagi 383-sonli Qarori bilan tartibga
solinadi.
Fermer xo’jaliklari amaliyotda shartnoma tuzishda va ularni bajarishda kup
xatoliklarga yul kuyadilar. Jumladan, shartnomani o’qimasdan imzo chekish,
haqikatda esa uzi haq bo’lgan holda huquqiy bilimining zaifligi uchun murosaga
borishi va boshqalar.
SHartnomalarning bajarilishi jarayonida quyidagi holatlarni yaxshi bilish
talab etiladi.
Kontraktatsiya shartnomalarini bajarishda:
1.
Qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini kongtraktatsiya shartnomasida
belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz buyin
tovlagan xo’jalik tayyorlovchiga tomshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi
miqdorida jarima to’laydi. Jarima miqdori o’tgan davr (oy, chorak, yil) da
mahsulotning shakllangan o’rtacha narxidan kelib chiqib, harid narxlariga
50
belgilangan ustamalar to’lashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. bundan
tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima
bilan qoplanmagan qismi ham to’lanadi.
2. Qishloq xo’jalik mahsulotini kontraktatsiya shartnomasida belgilangan
assortiment, turlar va muddatlarda qabul qilib olish rad etilgan har bir holat uchun
tayyorlov tashkiloti xo’jalikka belgilangan ustamalar to’lashni hisobga olmasdan
shakllangan o’rtacha narxdan kelib chikib, qabul qilinmagan mahsulot
qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to’laydi. Bundan tashqari, mahsulotni
qabul qilishni rad etilganligi tufayli xo’jalik ko’rgan zararni jarima bilan
qoplanmagan qismi ham to’lanadi.
3. Xo’jalikning standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradigan,
mahsulotning tegishli turlarini harid qilishni tartibga soluvchi yuriknomalar va
qoidalarda yoki kontraktatsiya shartnomasida belgilangan miqdorda va
muddatlarda idish va urash materiallari bilan ta’minlanmaganligi uchun
materiallarining yetkazib berilmaganidish, urash materiallarining yetkazib berish
vaqtida amalda bo’lgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to’laydi.
Tayyorlovchining xo’jalikni idish bilan ta’minlanmaganligi mahsulot sifatining
pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan bo’lsa,
tayyorlov tashkiloti xo’jalikka ko’rilgan zararning jarima bilan qoplanmagan
qismini ham to’laydi. Bunda xo’jalik sifatsiz qishloq xo’jaligi mahsulotlari
yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Moddiy-texnika
resurslari
yetkazib
berish
va
xizmat
ko’rsatish
shartnomalarini bajarishda:
4.Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha
shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun
xizmat ko’rsatuvchi tashkilot xo’jalikka belgilangan ustamalardan tashqari
yetkazib berilmagan moddiy-texnika resurslari yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan
xizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida jarima to’laydi. Jarimadan tashqari
xizmat ko’rsatuvchi tashkilot xo’jalikka moddiy-texnika resurslari yetkazib
berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki xizmatlar ko’rsatilmaganligi
natijasida yetkazilgan zararni to’laydi
5.Etkazib berish muddati kechiktirilgan, tovarlar yetkazib berilmagan, ishlar
bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagantaqdirda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot
xo’jalikka muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning
bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, birok penyaning
umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki
ko’rsatilmagan xizmatlar qiymatining 50 foizidan ortiq bo’lmasligi kerak. Penya
to’lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomaning zarur
darajada bajarilishidan va yetkazib berish kechiktirilganligi, tovarlar to’liq
yetkazib berilmaganligi, ishlar bajarilmaganligi yoki xizmatlar ko’rsatilmaganligi
tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod kilmaydi.
6. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarining aybi bilan xo’jaliklar tomonidan
kontraktatsiya shartnomalari bajarilmasligi (zarur darajada bajarilmasligi)
51
natijasida yetkazilgan zarar Ushbu tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda
qoplanadi.
SHartnoma bajarilishida umumiy holatlardagi javobgarlik:
7. Tomonlar o’rtasida kelishilgan jadvalga muvofiq kelgan transportning
belgilangan muddatdan ortiqcha bekor turib kolganligi uchun aybdon tomon
bekor turib kolish bilan bog’liq harajatlarni to’laydi. Bekor turib kolish vaqti
tomonlar o’rtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
8. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirishni rad kilganligi yoki noto’g’ri
rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga tovar-transport
hujjatini rasmiylashtirishni rad kilganligi yoki noto’g’ri rasmiylashtirilganligining
har bir holati uchun kam oylik ish haqi miqdorida jarima to’laydi. YUklab
jo’natilgan tovarlarga to’lov yoki tovar-transport hujjatining nusxasi belgilangan
muddatda yuborilmaganligi yoki tovarlar yuklab jo’natilganligi to’g’risida boshqa
axborot takdim kilmaganligi uchun aybdor tomon har bir holat uchun tovar
qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to’laydi.
9. Zilzila, qurg’oqchilik, suv toshqini, yong’in va boshqa tabiiy ofatlar
natijasida oldindan ko’rish va bartaraf etish mumkin bo’lmagan holatlar (fors-
major holatlar) munosabati bilan ularning irodasi va xoxishiga bog’liq bo’lmagan
sabablar
bo’yicha o’z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari
bajarilmaganligi uchun bir tomon boshqa tomon oldida javob bermaydi.
10. Tomonlarning kelishuviga ko’ra shartnomada shartnoma majburiyatlari
bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi uchun javobgarlikning amaldagi
qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
Eslatma! Ushbu bo’limda Siz shartnomalarning bajarilishida tomonlarning
mulkiy javobgarligi to’g’risida tushunchaga ega bo’ldingiz, jumladan:
-qishloq xo’jalik mahsulotlarini shartnomada belgilangan assortiment va
turlarda, muddatlarda topshirishdan buyin tovlagan fermer xo’jaligi yoki aksincha
qabul kilmagan tayyorlovchi tashkilot mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida
jarima to’laydi;
-xizmat ko’rsatuvchi va moddiy-texnika yetkazib beruvchi tashkilotlar
shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarni bajarishni rad etganligi uchun
ko’rsatishi kerak bo’lgan xizmat (tovar)lar qiymatining 25 foizi miqdorida jarima
to’lash bilan birga yetkazilgan zararni qoplashi shart;
-muddati kechiktirilgan har bir kun uchun xizmatlar qiymatining 0,5 foizi
miqdorida penya to’laydi, lekin bu penya miqdori ko’rsatilmagan xizmatlar
qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim;
-tayyorlovchi tashkilotga fermer xo’jaligi tomonidan mahsulot yetkazib
berish majburiyatlari bajarilmasligida xizmat ko’rsatuvchi va moddiy-texnika
resurslarini yetkazib beruvchi tashkilotlar aybdor bo’lsa, qonun tartibida
javobgarlikka toriladi.
52
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va tayyorlov, xizmat
ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan
o’tkazish bosqichlari
Bosqichlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Mas’ullar
1-bosqich
SHartnomalar
tuzishga tayyorgarlik
ko’rish
Agrotexnika tadbirlari
boshlanishidan bir oy
oldin
Tayyorlov. xizmat
ko’rsatuvchi va
boshqa tashkilotlar
2-bosqich
SHartnomalarni
ko’rib chiqish va
imzolash
7 kun
mobaynida
Qishloq xo’jaligi
korxonalari
3-bosqich
SHartnomalarni
ro’yxatdan o’tkazish
uchun berish
3 kun
mobaynida
Tayyorlov, xizmat
ko’rsatuvchi va
boshqa tashkilotlar
4-bosqich
SHartnomalarni
ro’yxatdan o’tkazish
3 ish kuni mobaynida
Qishloq va suv
xo’jaligi bo’limlari
5-bosqich
SHartnomalarni
ro’yxatdan
o’tkazgandan keyin
tayyorlov, xizmat
ko’rsatuvchi va
boshqa tashkilotlarga
berish
Ro’yxatdan
o’tkazilgandan keyin
1 kun mobaynida
Qishloq va suv
xo’jaligi bo’limlari
6-bosqich
Ro’yxatdan
o’tkazilgan
shartnomalarni
xo’jaliklarga berish
Ro’yxatdan
o’tkazilgandan keyin
2 kun mobaynida
Tayyorlov, xizmat
ko’rsatuvchi va
boshqa tashkilotlar
7-bosqich
SHartnomalarni
saqlash
Barcha shartnoma
shartlari
bajarilgandan keyin 3
yil mobaynida
Tayyorlov, xizmat
ko’rsatuvchi va
boshqa tashkilotlar
SHartnoma intizomi uchta talabni uz ichiga kamrab oladi: birinchidan,
xakikiy (real) bajarilishini, ikkinchidan, konikarli va yetarli darajada bajarilishi
yoki ijro etilishini, uchinchidan, shartnomaning bekor kilinmasligini.
Xakikiy bajarilishi yoki ijro etilishi tom ma’noda ijro etilishini anglatadi.
Masalan, maxsulot yetkazib berish shartnoma-sida- bu xaridorga kelishilgan
maxsulotni yetkazib berish; kapital kurilishi buyicha pudrat shartnomasida bu
ob’ektning pudratchi tomonidan buyurtmachiga topshirish, turli ishlarni bajarish
buyicha shartnomalarda esa ularni amalga oshirish, tashib berish shartnoma-larida
esa -maxsulotni belgilangan joyga eltib, tegishli topshirish va x.k.
Barcha xujalik shartnomalari koplanish sifatida ega bulib, odatda bu ikki
yoklama xarakterga egadir. Anikrogi, bunda xar ikki ishtirokchi bir vaktning
uzida xam xukuklar, xam majburiyatlarning egasi sifatida yuzaga chikishadi. Bu
jixatdan, uz navbatida, xaridor, buyurtmachi tomonidan ularga tegishli bulgan
majburiyatlarni bajarish muxim axamiyatga ega. Anikrogi, ular olingan maxsulot
53
uchun uz vaktida pul tulashi, bajarilgan ishlar uchun xam tulovni uz vaktida
amalga oshirishlari kerak. Bu majburiyatlarning amalga oshirilishini ta’minlash
uchun esa kupincha zararlarni koplash, jarimalar solish kabilarni belgilash amalga
oshiriladi. Lekin kupincha, bu jarimalar summasi belgilangan maxsulotni naturada
yetkazib berishdan kuchsizrok bulgani sababli, shartnomada belgilangan
majburiyatlar bajarilmay koladi.
SHartnomalarning yetarli darajada bajarilishi deganda esa maj-
buriyatlarning bajarilishini ularning mazmuniga kat’iyan mos ravishda ta’minlash
tushuniladi. SHunday kilib, xakikiy bajarilish nima kilish kerak” ligini aniklasa,
yetarli darajada bajaril ishi esa “kanday” bajarish kerak ekanligini anglatadi.
Fukarolik Kodeksi va boshka me’eriy xujjatlarda yetarli darajada bajarish
shartlari belgilab kuyilgan. Ularga binoan yetarli, yeki tegishli darajada bajarilishi
uchun u tegishli shaxslar tomonidan, tegishli usullar bilan, belgilangan davr va
belgilangan joyda, belgilangan predmeti bilan amalga oshirilishi kerak.
SHunday kilib, shartnomalar bajarilishi ikki nuktai nazardan baxolanar
ekan: u real va tegishli tarzda bulishi kerak. SHu sababli tegishli fukorolik
xukukiy burchlar xakidagi koidalarda bu ikkala jixat uchun kullaniladigan
iktisodiy chora-tadbirlar bir biridan chegaralab kuyilgan.
SHartnomalarning bekor kilinmasligi, ya’ni shartnomalarning kat’iyligi
“shartnomalar bajarilishi shart” degan degan kadim Rim xukukidagi tamoyilga
asoslangandir. Bekor kilinmaslik shartnoma-larning uzgarishiga va bekor
kilinishiga fakat ikki tomon xoxish-irodasi bilan yul kuyish mumkinligini
anglatadi. Aynan shu talab kolgan ikkita talabning, ya’ni real va tegishli tarzda
bajari-lishining kafolati bulib yuzaga chikadi. Bu ikkala talab xam xech bir
tomon uchun mustakil ravishda shartnomani uzgartirish xukuki berilmaganligi
sababli ma’lum bir darajada axamiyatga ega.
Real bajarilishi talabining axamiyati shundaki, xar ikki tomon xam fakat shu
xoldagina kuyilgan maksadga erishishi mumkin. Uning bajarilishi uchun tegishli
konunchilik xujjatlarida turli xil jarima, ustamalar belgilangan, lekin ularni tulash,
shartnomani tuligicha bajarishdan ozod kilmaydi. SHu sababli, kuupincha, konun-
larga binoan bir tomondan jarimalar tulansa, ikkinchi tomondan yetkazilgan
zararlarni koplash shartnomalarda belgilab kuyiladi. Masalan, real bajarish
shartnomada mol yetkazib beruvchiga uning tomonidan yul kuyilgan kamomadni
tuldirish majburiyatini yuklash orkali amalga oshiriladi, fakat xaridor uzi bundan
voz kechmaguncha. Agar shartnoma muddati tegamagan bulsa, mol yetkazib
beruvchi, shu muddat ichida tegishli maxsulot kamomadini tuldirib kuyishi kerak.
Fakat maxsulot assortimenti belgilanganidan bulishi kerak.
Tashish
shartnomalari
buyicha
intizomni
ta’minlash
transport
konunchiligida nisbatan nikrok belgilangan.
Kurilishda - xar bir kechiktirilgan kun uchun ularni xakikiy ishga
tushurilguniga kadar smeta kiymatiga nisbatan % xisobida amalga oshiriladi.
54
Olimlarning ta’kidlashicha shartnoma intizomining buzilishi xolatlarini ikki
tomon uchun xam real bajarilishni ta’minlovchi jarima va zararlarni koplashdan
bulak xukuk berilmagani bilan boglanadi.
Frantsuz xukuk va majburiyatlari umumiy nazariyasida aytilganidek,- «sud
karzdorga uz majburiyatini yuklatar ekan, agar baja-rishdan voz kechsa, xar bir
kechiktirilgan vakt uchun pul jarimasiga tortilishini kushib kuyadi. SHunday kilib
karzdorlar shunday karz yuki ostida koladiki, u chuzilgan sari usib borishi anik va
u ulkan bulib ketish extimoli bor”. (Godeme ye. Obщ.teor.obyaz. M,1948)
Jarima majburiyatlarning buzilishi xolatlarida kullanila-digan xolatlarida
kullaniladigan murvat bulib, kni kullash va undirish shartlari xukukiy tashkilotlar
tomonidan belgilab kuyiladi. Jarima karzdor tomon majburiyatlari bilan uning
manfaatlari urtasida tafovut tugilganda katta rol uynaydi. Bunga yorkin misol-bu
arendatorning u egallab turgan maydonni bushatib berish majburiyati.
Tegishli tartibda bajarmaslik xam majburiyatlarni buzgan tomon uchun turli
okibatlarni keltirib chikaradi. Masalan, shartnoma shartlari-maxsulot yetkazib
berish buyicha.
SHartnomalarning bajarilishini monitoring qilish tartibi va umumiy
javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Qishloq xo’jaligi
ishlab
chiqarishida
shartnomaviy
munosabatlarni
takomillashtirish
va
majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligirni oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi 2003 yil 4sentyabrdagi 383-sonli Qarori asosida tartibga
solinadi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq topshirilgan (yuklab jo’natilgan)
qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun haq to’lashdan asossiz bosh tortilganda
(xo’jalikka tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qo’shib, o’z vaqtida
hisoblab o’tkazmaganlik, hisob-kitoblarning aktsept shaklida esa to’lov topshirig’i
aktsepini asossiz to’liq yoki qisman rad etganda) tayyorlov tashkiloti xo’jalikka
to’lanmagan summani o’zi to’lashdan bosh tortgan summaning 15 foizi
miqdoridagi jarimani to’laydi. Tayyolov tashkiloti jarimadan tashqari xo’jalikka
muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda
to’lanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati o’tkazib yuborilgan
summalarning 50 foizidan ortiq bo’lmagan penya to’laydi.
Tovar-transport hujjatini rsmiylashtirish rad etilganligi yoki noto’g’ri
rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga tovar-transport
hujjatini rsmiylashtirish rad etilganligi yoki noto’g’ri rasmiylashtirilganligining
har bir holati uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida jarima to’laydi.
YUklab jo’natilgan tovarlarga to’lov yoki tovar-transport hujjatining nusxasi
belgilangan muddatda yuborilmaganligi yoki tovar yuklab jo’natilganligi
to’grisida boshqa axborot taqdim etilmaganligi uchun aybdor tomon har bir holat
uchun tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to’laydi.
Agar yuklab jo’natilgan mahsulot (bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan
xizmatlar)ning sifati, assortimenti, sorti standart talablariga, texnik shartlarga,
55
namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob
bermagan taqdirda, ayyobdor tomon sifati zarur darajada bo’lmagan mahsulot
(bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida
jarima to’laydi.
Nazorat va takrorlash uchun savollar:
1. Tayyorlov, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasida shartnomalar tuzish
necha bosqichdan iborat?
2. SHartnoma bajarilishida umumiy holatlardagi qanday javobgarlik bor?
3. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha
shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun
qanday mulkiy javobgarlik mavjud?
4. Belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz
buyin tovlagan xo’jalik uchun qanday javobgarlik bor?
5. Tayyorlov, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish
muddatlari qanday?
6. Qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun haq to’lashdan asossiz bosh tortilganda
qanday mulkiy javobgarlik mavjud?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ASOSIY ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov. «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo’lida». T. 1995.
2. «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va
me’yoriy hujjatlar to’plami» (1-,2-kitoblar). T. 1998.
3. O’zbekiston
Respublikasining
«Xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlar
faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risida»gi Qonuni. 1998 yil
29 avgust.
4. O.Olimjonov va b. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari.
T. «Universitet», 2005.
5. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni
takomillashtirish va majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning
javobgarligini
oshirish
chora-tadbirlari
to’g’risida
Vazirlar
Mahkamasining qarori (2003 yil 4 sentyabr 383-son).
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 30 oktyabr 476-son qarori.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
1. O’.P.Umrzaqov va b. Fermer xo’jaligi iqtisodiyoti. – T.:”Iqtisod-moliya”
56
2007.
2. A.Abdullaev va b. Biznes reja. – T.: «Moliya» 2002.
3. B.Salimov va b. Dehqon va fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti. – T.:TDIU,
2004
4. Dodoboyev YU.T. va b. Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti. – T.: 2005
(Quvasoy).
5. R.Xakimov va b. Agrosanoat majmui iqtisodiyoti. – T.:TDIU, 2004
6. B.Salimov va b. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. – T.:TDIU,
2004.
7. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. T.: 1996.
8. Aminov M. Ish yuritish. T. 2000.
9. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi «Biznes reja tuzish bo’yicha
tavsiyalar» T. 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |