6-mavzu: Syujetning tarkibiy qismlari
Reja:
1. Hayot voqeligi - badiiy asar ob‘ekti.
2. Syujet - asar mazmunini tashkil qiluvchi voqealar tizimi.
3. Fabula – asar uchun asos bo‗lgan hayotiy voqea.
4. Epos, lirika, dramada syujet ko‗rinishi.
5. Syujetda badiiy to‗qimaning o‗rni.
6. Syujetning tarkibiy qismlari: Ekspozitsiya, voqealar tuguni, voqealar rivoji,
voqealarning avj nuqtasi, voqealar yechimi.
Tayanch tushunchalar:
voqelik, syujet, fabula, badiiy to‗qima, ekspozitsiya, voqealar
tuguni, voqealar rivoji, voqealarning avj nuqtasi, voqealar yechimi.
Syujet badiiy asarning muhim elementlaridan biridir. Badiiy asarning voqealar tizimiga
nisbatan ishlatiladigan tushuncha bo'lib, asarning qiziqarlilik, hayotiylik xususiyatini oshirishga
xizmat qiladi.
Arastu fabulani go`zallikning hajmi va tartibi deydi. Fabula voqealardagi keskin
burilishlardir, voqeaning bir maromdan boshqa maromga birdan o`tishidir deydi. Fabulaga
tugun bilan echimni kiritadi. Demak, syujet asardagi voqealar oqimidir, ularning bir-biriga
bog`lanishidir, undagi aloqalar, qarama-qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, ana
shu tarixning bosqichlaridir, asardagi tuyg`u va kechinmalarning mantiqiyligidir.
M.Gorkiy syujetni «aloqalar, qaramaqarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar va
umuman kishilarning o`zaro munosabati u yoki bu xarakterning o`sishi va tashkil topishi
tarixi», - deb ataydi. Syujetga xarakterlarning kechinmalari tarixi ham kiradi.
Badiiy asarlarda voqealar borishida, xarakterlar taqdirida birdan kutilmagan keskin
o`zgarishlar bo`ladi.
Bu esa asarda yangiyangi tugunlarni keltirib chiqaradi, kitobxonda qiziqishni
kuchaytiradi. Ana shu tugun va echimlarda xarakterlar mantiqi, voqea va xarakterlar
rivojlanishi tarixi namoyon bo`ladi. Tugun va echimlar o`zo`zidan xarakterlar rivojlanishini
ko`rsatmaydi.
Xarakterlar va voqealarning rivojlanishi tarixi ana shu momentlar vositasida ochiladi.
Syujetni qarama-qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, asardagi
voqealar oqimi deb ta‘riflashda asosan yirik nasriy va dramatik asarlarga xos xususiyatlar
ko`zda tutilgan. Vaholanki, lirik asarlarda xarakter bo`lmaydi.
Bo`lganda ham ularning rivojlanishi tarixi ko`rsatilmaydi, kichik janrlarda voqealar
berilmasligi, ularning oqimi ko`rsatilmasligi mumkin. SHuning uchun ham syujet faqat asardagi
voqealar oqimi, xarakterlarning rivojlanish tarixigina emas, asardagi tuyg`u va kechinmalar
oqimi, ularning rivojlanish mantiqi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |