O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI
VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI TAYYORLASH, SAQLASH
VA QAYTA ISHLASHNI TASHKIL ETISH KAFEDRASI
5620500 – Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki
qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi
bakalavriat IV kurs 44 guruh talabasi Mustafoyev Ramish
BITIRUV MALAKAVIY IShI
MAVZU
: «Tabiiy sabzavotli konservalar ishlab
chiqarish tizimini loyihalash»
Ilmiy rahbar: dosent A.H.Yusupov.
S a m a r q a n d – 2 0 1 3 y .
2
M U N D A R I J A
1.
K i r i sh
2.
Texnik iqtisodiy asoslash
3.
Texnologik qism
4.
Ekologiya atrof muhitni muxofaza qilish
5.
Standartlashtirish
6.
Iqtisodiy qism
7
Xulosa va takliflar
8.
Internet ma’lumotlari
9.
Foydalanilgan adabiyotlap
10 Taqdimot
3
KIRISh
Respublikamiz mustaqillikga erishganidan so’ng qishloq xo’jaligini tizimli
ravishda rivojlantirish va aholimizni oziq-ovqat bilan kafolatlangan holda
ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu o’rinda sabzavotchilik va
kartoshkachilik o’zining salohiyatli salmog’iga egadir.
Sabzavotlarni bunday katta maydonda yetishtirilishiga qanday sabablar
mavjud degan savollar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiydir.
Sabzavotlar tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’ladigan 50 dan ortiq
turli xildagi biologik aktiv moddalar mavjud. Shu bilan birga mineral tuzlarning
birikmalari, karbon suvlar, turli xildagi yog’lar, aksorbin kislotasi, retinol, tiamin,
rivoflavin, niktoin kislota bulardan tashqari ko’pgina vitaminlarga ham boydir.
Sabzavotlar salomatlik posbonlari hisoblanadi. Agar inson organizmida
vitamin S yetishmasa u singa va kamqonlik, A vitamini yetishmasa inson o’sishi
susayadi va ko’zni ko’rishi xiralashadi, vitamin V1 yetishmasligidan beri-beri
kasalligi avjlanadi, vitamin V2 oqsil va yog’lar almashinuvida ishtirok etadigan
fermentlar tarkibiga kiradi. Bu vitaminlar bilan organizmni ta’minlash uchun
ulardan sutka mobaynida A, V1 va V2 dan 2-3.5 mg dan, vitamin S dan 50-120 mg
gacha va RR dan esa 15-25 mg iste’mol qilinishi kerak. Ko’rasatilgan miqdordagi
vitaminlarni o’zlashtirish uchun sutka mobaynida 450 g sabzavot va kartoshka
iste’mol qilinishi kerak.
Donishmand halq va buyuk tabiblar fikrlariga ko’ra “Sabzavotlar salomatlik
bo’log’idir”.
Sharqning atoqli olimi Muxamamad Husayn ibn Muxammad al Oqil 1777
yilda yozgan “Dori darmonlar xazinasi” nomli kitobidan sabzavot va mevalarning
foydali xususiyatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar olish mumkin, deb yozgan L.I.
Demkevich (2000).
Demak, sabzavotlar inson hayotida katta ahamiyatga ega ekan, undan yil
mobaynida qancha iste’mol qilish zarur degan savol, albatta, ko’pchilikni
qiziqtirmasdan iloji yo’q.
Bajardi
Rahbar
Yusupov A
Mustafaev R