dastgoh buyicha qiyosiy iqtisodiy samaradorlikni xisoblash....................
3
K I R I SH
Tо‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va Paxta-tо‘qimachilik ishlab
chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bо‘yicha qо‘shimcha chora-
tadbirlar tо‘g‘risida kо‘plab hukumat farmon va qarorlari qabul qilinmoqda.
Shulardan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8
sentabrdagi PF–5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan О‘zbekiston
Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amaliy rо‘yobga chiqarishda
muhim qadam hisoblanadi. Xususan, Farmon bilan boshqaruv va kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish, tо‘qimachilik sanoatining
texnologik jarayonini modernizatsiya qilish va infratuzilmasini rivojlantirish,
tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, tо‘qimachilik sanoatiga xalqaro
standartlarni joriy etish bо‘yicha 20 dan ortiq tadbirlardan iborat bо‘lgan
О‘zbekiston Respublikasida tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal
rivojlantirish “Yо‘l xaritasi” tasdiqlandi. Paxta xom ashyosini ishlab chiqarishni
tashkil qilishda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini
joriy etish maqsadida Farmon bilan eksperiment о‘tkazish nazarda tutilgan
bо‘lib, uning doirasida birinchi bor mahalliy tо‘qimachilik sanoati korxonalari
tomonidan fermer xо‘jaliklari va boshqa qishloq xо‘jaligi ishlab
chiqaruvchilaridan paxta xom ashyosiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri buyurtma berish
tizimini joriy etish rejalashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj
sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 dekabrdagi
PF-5285-son Farmoni bilan tashkil etilgan Paxta-to‘qimachilik klasterlarini o‘rta
muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyixasini ishlab chiqish bo‘yicha
ishchi komissiya tomonidan o‘tkazilgan hatlov natijalari bo‘yicha paxta-
to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari xududida joylashgan paxta
tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshotlarini
ularning tashkilotchilariga 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash
qiymatida sotish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari
4
tashkilotchilari tomonidan ularning xududida joylashgan paxta tozalash
korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan 2018 yilda paxta xomashyosini
qaytarib berish va ijara asosida qayta ishlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi
masalalarni
paxta tozalash korxonalari aksiyadorlarining umumiy
yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya etilgan.
Eslatib о‘tamiz, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tо‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi
Farmoni bilan paxta-tо‘qimachilik klasterlarini о‘rta muddatli istiqbolda
rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bо‘yicha ishchi komissiya
tarkibi tasdiqlangan.
Qishloq
xо‘jaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va bunda davlatning rolini qisqartirish, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, paxta va boshqa
turdagi qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy
etish, ularni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, shuningdek, agrar sektorda
mehnat unumdorligini va unga haq tо‘lashni oshirish maqsadida: klaster
tizimiga о‘tish.
Bizning Bitiruv malaka ishimizning mazmuni xam tо‘qimachilik va
yengil sanoatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga qaratilgan
bо‘lib, barcha yigiruv korxonalaridagi mashina-jixozlarga va dastgoxlarga servis
xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishdir.