1.3. O‘rash mexanizmlari
Yigirish mashinasining o‘rash mexanizmlari xalqali plankaga urchuq
o‘qi bo‘ylab ilgarilama-qaytma harakat uzatishga va belgilangan pakovka
shaklini hosil qilishga xizmat qiladi. Tuzilishi va ishlashiga ko‘ra
kulachokli va inkodorli o‘rash mexanizmlari mavjud.
Kulachokli o‘rash mexanizmi
murakkab tuzilishga ega bo‘lib,
harakatni boshqarish mexanik tarzda amalga oshiriladi. Ushbu mexanizm
detallari massasining og‘irligi va qiyin harakatlanishi ipning bir tekis
o‘ralmasdan, o‘rash nuqsonlarining sodir bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |