O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Erkinlik
 – insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun 
zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. 
SHu  o‘rinda  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  —  jamiyat  tayanchi  va  yurtimiz 
taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-
irodasining  qonuniy  ifodasi  hisoblanadi.  Konstitutsiyaning  X  bob  43-46  moddalari  inson  huquq  va 
erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan 
huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan 
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.  
Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  taqdim  etilgan  «Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi»da  ham  bu 
masalaga  alohida  e’tibor  qaratilib,  yurtimizda  huquqiy  davlat  asoslarini  tobora  takomillashtirish  va 
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlangan. Zero, 
jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan 
odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati  darajasiga  bog‘liq.  Odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati 
davlatimiz  rahbarining  2011  yil  23  avgustda  qabul  qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 
faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq  vazirlik  zimmasiga 
aholining  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  oshirish,  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalarining  huquqiy 
targ‘ibot  va  ma’rifat  sohasidagi  faoliyatini  muvofiqlashtirish  vazifalari  yuklatilgan.  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot 
va  ma’rifat  bo‘yicha  davlat  organlari  ishlarini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  idoralararo  kengash 
to‘g‘risidagi  nizom  bu  boradagi  faoliyatni  tartibga  solishda  muhim  huquqiy  asos  bo‘ladi.  Avvalambor 
odamlarning  huquqiy  ongi  va  madaniyati  shakllantirishda  insonlarga  o‘zlarining  huquq  va  burchlarini, 
o‘zlari  yashab  turgan  joyda  o‘rnatilgan  qonunlarga  asosan  ularning  shaxsiy  va  fuqarolik  huquq  va 
burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak. 
Buni  mazkur  hujjatning  birinchi  moddasidan to  oxirgi  moddasigacha inson  huquq  va  erkinliklari, 
qonuniy  manfaatlarini  ta’minlash,  vatan  ravnaqi  hamda  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qilib  kelayotgan 
umumbashariy  g‘oyalar  singdirilganida  ham  ko‘rish  mumkin.  Asosiy  qonunimizda  buyuk  ne’matlar 
orasida  eng  ulug‘i  -  “inson  uchun”  degan  g‘oya  ilgari  surilib,  uni  ulug‘lash,  uning  erkin  kamol  topishi 
                                                           
90
 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. бет 


104 
 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, “fuqaro - jamiyat - davlat” 
o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy echimi asoslab berilgan. 
Demokratik  davlatda  jamiyat  a’zolarining  huquq  va  erkinliklari  kafolati  doimiy  harakatdagi 
mexanizmga o‘xshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq 
va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas”ligi belgilab qo‘yilganki, bu 
qoida  huquqbuzar  kim  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  javobgarlikka  tortish  mumkinligini  bildiradi.  Kafolat 
tizimida  iqtisodiy  omilga  keng  o‘rin  berilgan.  CHunki  iqtisodiy  hayot  qanchalik  farovon  bo‘lsa, 
huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.  
Bugungi  Asosiy  qonunimizda  esa  davlat  ham,  jamiyat  ham,  avvalo,  inson  manfaatlariga  xizmat 
qilishi,  uning  haq-huquqlarini  himoya  etishi  ustuvor  tamoyil  sifatida  aniq  belgilab  qo‘yilgan. 
Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  “Biz  boshlagan  islohotlarimizning  pirovard  maqsadi  bitta  -  adolatli 
jamiyat  barpo  etish.  Islohot  islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  uchun,  inson  manfaatlarini  ta’minlash 
uchun”.  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  sharoitida  inson  huquq  va  erkinliklarini 
ta’minlash  borasidagi  konstitutsiyaviy  kafolatlar  tizimini  hayotga  tatbiq  etishga  qaratilgan  islohotlar 
jamiyatning  shu  maqsad  yo‘lidagi  vazifalariga  to‘liq  mos  kelmoqda,  inson  huquqlarini  kafolatlovchi 
milliy  mexanizm  yaratilmoqda.  Inson  huquq  hamda  erkinliklarini  ta’minlovchi  va  kafolatlovchi  davlat 
organlari 
tizimi 
tashkil 
etilib, 
ixtisoslashgan 
nodavlat 
tashkilotlarining 
paydo 
bo‘lishiga 
ko‘maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada 
takomillashtirish  maqsadida  inson  va  fuqaro  huquq  hamda  erkinliklarining  kafolatlari  to‘g‘risida  qonun 
qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g‘oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‘rin 
egallashi  darkor.  Har  qanday  qonun  ishlab  chiqilayotgan  va  muhokama  etilayotgan  paytda  insonning 
asosiy  huquqlariga  qanchalik  mos  kelishiga  alohida  e’tibor  qaratish  zarur.  Ana  shu  prinsiplarga 
og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin. 
Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  lozimki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining 
23  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasida  Birinchi  Prezident  I.Karimov:  “...

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish