Bojxona-T
amojennыy-Sustoms
Bojxona
– davlat chegarasidan o‘tadigan va o‘tkaziladigan mol-mulklar hamda transport
vositalarini nazorat qiluvchi, shuningdek, yuk egalaridan belgilangan tartibda (poshlina) va boshqa
yig‘imlarni undiruvchi davlat muassasasi. Bojxona davlatning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qiluvchi
organlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti-R
ыnochnaya ekonomika-Market economy
Bozor iqtisodiyoti
– jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor
iqtisodiyoti mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali
doimiy ishtirokchilariga aylantiradi. SHu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin
takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilashib borishiga, miqdorning esa ko‘payishiga sababchi
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |