O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


YAngi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

YAngi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

Fuqarolik  jamiyati  konsepsiyasining  Evropacha  an’anasi  antik  ildizlarga  ega.  Mazkur 
an’ananing  mazmun-mohiyati  nafaqat  siyosiy,  balki  shaxsni  ijtimoiy-axloqiy  nuqtai  nazardan 
baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini 
misol keltirish mumkin.  
Fuqarolik  jamiyatining  antik  konseptual  ta’limoitda  jamiyat  va  davlat  fenomenlarining 
uzviyligi  qadimgi  yunon  dunyoqarashining  muhim  xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi.  Xususan, 
Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini 
ajratishgina  emas,  ijtimoiy  sohani  hozirgidek  zamonaviy  talqinda,  siyosiy  faollik  sifatida 
tushunilgan.  Bunda  jamiyat  hayotining  siyosiy  jihatlari,  fuqarolik  jamiyati  tizimining  umumiy 
tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Fuqarolik  jamiyati  g‘oyasining  keyingi  rivoji  Aflotunning  shogirdi  Arastu(mil.  av.  384–
322  y.)  ijodi  bilan  bog‘liq.  Ustozi  kabi  Arastu  ham  eng  mukammal  jamiyat  g‘oyasini  ishlab 
chiqishga  diqqat  e’tiborini  qaratadi,  biroq  fuqarolik  jamiyati  g‘oyalari  tarkibida  bu  masala 
o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat 
tuzilmasidagi  o‘zgarishlar  qiziqtiradi.  Bundan  tashqari  Arastu  o‘zining  nazariy  ishlanmalarida 
davlat  haqidagi  mavhum  g‘oyaga  tayanishni  emas,  jumladan  Aflotunga  xos  bo‘lgan,  balki 
                                                           
9
  Каримов  И.А.  Она  юртимиз  бахту  иқболи  ва  буюк  келажаги  йўлида  хизмат  қилиш  —  энг  олий  саодатдир.  -Т.: 
Ўзбекистон. 2015. -Б.126. 


20 
 
voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu 
jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.  
Platondan  farqli  o‘laroq,  Aristotel  xususiy  mulkni  e’tirof  etadi.  CHunki  u  inson  tabiatiga 
xos  bo‘lib,  odamlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarning  o‘zagini  tashkil  etadi.  Aristotel  mulk 
huquqining  fuqarolar  farovonligi,  davlat  va  uning  boshqaruv  shakli  xavfsizligi,  qonunchilik 
organi  ishida  fuqarolarning  ishtiroki  mexanizmi,  lavozimlarni  egallash  va  vazifalarni  bajarish, 
sud  organlari  ishidagi  rolini  atroflicha  o‘rgangan.  Huquqni  Aristotel  adolat  mezoni  deb 
hisoblagan  va  unga  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  va  ayni  vaqtda  ularni  muhofaza 
qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning 
emas,  balki  qonun  boshqaruvidir:  hatto  eng  yaxshi  hukmdorlar  ham  tuyg‘ular  va  hissiyotga 
beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. 
Qadimgi  rim  mutafakkiri 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish