Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

harflar imlosi 
(unlilar va undoshlar)
asos va qo‘shimchalar 
imlosi
qo‘shib yozish
ko‘chirish qoidalari
chiziqcha bilan yozish
ajratib yozish
bosh harflar imlosi
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 
quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan
 
 


20 
 
hamda    “Ta’lim    to`g`risida”gi    qonun    oliy    o`quv    yurtlari    zimmasiga    barcha  
fanlar    qatori    rus    guruhlarida    o`zbek    tili    ta’limini    yanada    takomillashtirish  
vazifasini    qo`ydi.  Jumladan,  bo`lajak  iqtisodchi-pedagoglarni,  oliy    o`quv  
yurtining    rus    guruhlaridagi    talabalarni    iqtisodiyot    materiallari    asosida    davlat  
tili  –  o`zbek    tilidan  foydalanishga  o`rgatish,  og`zaki  va  yozma  nutqlarini  yanada  
takomillashtirish,  ularning  siyosiy-ijtimoiy    sohada    hamda    iqtisodiyot  doirasida  
turli  matnlar  tuza  olish  va  matnlarni  isloh  qilish  malakalarini  shakllantirish, 
muayyan    nutqiy    vaziyatlarda    tilga    xos    grammatik    bilimlarni    berish    dolzarb  
vazifalardan  biridir.  
Hozirgi  chet  tillarini  o`rganishga  qiziqish  kuchaygan  bir  vaqtda  davlat 
tili  –  o`zbek    tilini    o`rganishga    bo`lgan    ehtiyoj    ham    sezilarli    darajada  
ortmoqda.  Ma’lumki,  rus    guruhlarida    o`zbek    tilining    to`liq    grammatikasini  
nazariy    fikrlar    asosida    tushuntirish    ancha    qiyinchiliklarni    tug`diradi.  
Talabalarning    ham    o`zlashtirishlari    oson    kechmaydi.    Shuning    uchun  
rusiyzabon  talabalarga  o`zbek  tili  fanini  o`qitishning  ham  oson, ham  samarali  
usullaridan    foydalangan    ma’qul.  Buning    uchun    har    bir    o`qituvchi    pedagog  
zamon    talablari    asosidagi    bilim    saviyasiga,  yetuk    malaka    mahoratiga    ega  
bo`lmog`i  lozim.  Yangi  pedagogik  texnologiyalar  jadal  sur’atlar  bilan  ta’lim  
sohasiga    kirib    kelmoqda.  Bu    jarayon    ta’limning    an’anaviy    usullarini  
takomillashtirishda,  darsning    yangicha    usullaridan    unumli    foydalanishda, 
darslarni    elektron    versiya,    multimedia    hamda    slaydlar    vositasida    o`tishda  
takomillashishi    mumkin.    Bunda    talaba    yangi    mavzuni    faqatgina    eshitib  
qolmay,  balki  slaydlarni  ko`rish  orqali  tezroq  qabul  qiladi. 
Rus    guruhlarida    o`zbek    tili    grammatikasidan,  nazariy    bilimlardan  
matnlar    va    misollarga    qarab    emas,    aksincha,    matnlarni    og`zaki    va    yozma  
tarzda    ishlash      orqali    o`zbek    tilining    grammatikasini    tushuntirib    borishga  
erishish    kerak.    Chunki    talabalar    matnni    osonroq    qabul    qiladilar.  Matndagi  
murakkab    so`zlarning    ma’nosini    aniqlash    orqali    ular    lug`at    bilan    ishlashni  
o`rganadilar.  Iqtisodiyotga    oid    matnlardan    foydalanganda    talabalar    iqtisodiy  
terminlar  bilan    tanishadilar,  ularning    o`zbek    va    rus    tilidagi    muqobillarini  


21 
 
topishga    harakat    qiladilar.    Rus    guruhlarida    o`zbek    adabiyotining  
namunalaridan    foydalanish    ham    talabalarning    og`zaki    nutqlarini  o`stirishga, 
badiiy  nafosatni  his  qilishlariga    yordam    beradi.  Lirikaning    go`zal    parchalarini  
yod    olish,  hikoya    va    qissalarni    ifodali    o`qish,  xalq    maqollari    va    hikmatli  
so`zlarni    o`rganish    orqali    ham    talabalarning    o`zbek    tiliga    bo`lgan  
qiziqishlarini    orttirish    mumkin.    Tilni    o`rganish,  uning  nozik  qirralarini  ilg`ash, 
tilga  bo`lgan  e’tiborni    kuchaytirish    orqali    talabalarning    ma’naviyatini  
shakllantirish,    ularning   ma’naviy    yuksalishiga    ko`maklashish  lozim.  Umuman 
olganda,  o`qituvchi  tomonidan  amalga    oshiriladigan    dars    usullari    doimo  
talabalarning    darsga    bo`lgan    qiziqishlarini  orttirishga,  mavzularni    yengilroq  
o`zlashtirishlariga    yordam    beradi.  Dars    usullarining  rang-barangligi    esa  
pedagogning    mahoratiga    bog`liqdir.  Shuningdek,  talabalarda    tilni    anglash  
hissini o`stirish ularning ma’naviyatini boyitishga xizmatqilishini  unutmasligimiz  
kerak. 
 
Til va  nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir-biridan 
farqlanishi  kerak  bo`lgan  hodisalardir.  Tilsiz  nutqning,  nutqsiz  tilning  mavjud 
bo`lishi  mumkin  emas.  O`zbek  adabiy  tilining  asoschisi  ulug`  Alisher  Navoiy 
"Mahbub ul-qulub" asarida so`zning sharafli sifatlari haqida so`zlash asnosida til va 
nutq  munosabati  xususida quyidagi  nazariy  fikrni bayon qiladi: "Til  muncha sharaf 
bila  nutqning  olami  (quroli)  dur  va  ham  nutqdurki,  agar  nopisand  zohir  bo`lsa, 
tilning  ofatidur."  Demakki,  til  nutq  uchun  qurol,  bu  quroldan  foydalanib  nutq 
tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo`lmaydi va bu tilning ofati 
bo`ladi.  Til  va  nutq  bir-biridan  farq  qiladigan,  lekin  o`zaro  aloqador  ikki  ijtimoiy, 
ruhiy-ma’naviy  hodisadir.  Ya’ni  til  aloqa  quroli,  fikr  bayon  qilish  vositasi  bo`lsa, 
nutq  so`zlovchining  til  vositalaridan  foydalanish  jarayoni  va  shunday  jarayon 
natijasida  yuzaga  keladigan  faoliyatdir.  Bu  ikki  hodisani  qiyoslaganda  oradagi 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish