2-topshiriq. Matnni o‘qing. Klaster shakllantiring.
O‘z-o‘zingizni boshqarishni o‘rganing
Iloji boricha, ko‘proq do‘stlar orttiring, chunki, bizning asosiy boyligimiz
boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Hayotda ham siz do‘stlar va dushmanlar orasida
yashashingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, ham har kuni juda yaqin
bo‘lmasalar ham, tanish-bilish, oshna-og‘ayni va qadrdonlar orttirishga intiling.
Vaqt o‘tishi bilan ular orasida juda ham yaqin do‘stlar orttirishingiz mumkin
bo‘ladi.
Iloji
boricha,
odobli,
axloq
va
kundalikturmushdaboshqalarga
(
shujumladan
sizga ham
) o‘rnak bo‘la oladigan
insonlar
bilan
do‘stlashing. Ularning ishonchli do‘st yoki hamkor bo‘laolishisizning
118
tadbirkorlik bilan bog‘liq ishlaringizda juda kattaahamiyatgaegabo‘ladi,
chunki,ular o‘zlari olgan ta’lim-tarbiyaga varuhiyatlarigamos ravishda o‘ta insofli
bo‘lgan holatda ish yuritadilar.Iflosinsonlar bilan kurashib,
g‘olibbo‘lgandan
ko‘ra,
axloq-odobda
o‘rnak
bo‘la
oladigan insonlar bilan kurashish ma’qulroqdir.Yaramasinsonlar bilan kelishib
bo‘lmaydi, chunki, ular hech qanday tartibvaqonunlarni tan olishmaydi – shuning
uchun, ham bunday insonlar orasidahaqiqiy do‘stlik bo‘lmaydi. G‘irrom
odamdan iloji boricha uzoqroqyurishkerak, chunki, ulardan hech qachon hech
qanday yaxshilik yoki yaxshi amalchiqmaydi.
O‘zingiz haqingizda yaxshi yoki yomon gaplar gapirmaganligingiz ma’qul,
chunki,Agar, siz o‘zingizni maqtasangiz, sizni maqtanchoqlikda ayblashadi,
Agar, o‘zingizni yomonlasangiz, tilyog‘lamalikda ayblashadi. O‘zingiz
haqingizda gapirishingiz tinglovchilarni juda ham zeriktirib qo‘yadi, chunki, har
bir tinglovchi o‘zini eng aqlli inson deb biladi. Do‘stlar orasida ham
o‘zingiz haqingizda gapirishdantilingizni tiying – ko‘pchilik orasida ma’ruza
qilganingizda esa bu sizni juda ham kulgili ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
Davradagilir haqida ham yaxshi yoki yomon gaplar gapirish tilyog‘lamalikni
yoki haqoratni anglatishi mumkinligini unutmang.
Ko‘pchilik nazarida juda ham mehribon inson sifatida ko‘rinishga intiling,
chunki, shuning o‘zi ham do‘stlar orttirishga imkon beradi. Mehribonlik
ko‘rsatish juda ham arzon turadi, ammo, u juda yuqori baholanadi. Hurmat
qilganni va mehribonlik ko‘rsatgan insonni boshqalar ham hurmat qilishadi.
Boshqalar bilan dushmanlik qilishga intilmang, chunki, dushmanning bittasi ham
ko‘p hisoblanadi. Ba’zilar ba’zi birovlarni nima uchundir ko‘ra olmaydilar, tez-
tez janjal-suron ko‘taradilar va boshqalarni haqoratlaydilar hamda nega
bundayligini bilmaydilar ham. Ammo, bu holat ruhiyatga kirib olsa, uni yo‘qotish
juda qiyin bo‘ladi. Agar, shunday ahvol yuz bersa, vaqtni o‘tkazmasdan,
ruhiyatingizni ijobiy ma’noda davolashga harakat qiling.
119
Barchaga kerakli inson bo‘lishga harakat qiling, buning ikki yo‘li bor –
biri, ishlaringizda muvaffaqiyatga erishish, barchaga kerakli bo‘lgan hunar sohibi
bo‘lish, ikkinchisi, boshqalarga imkon boricha ko‘mak berish. O‘z egallagan
joyiga munosib bo‘lgan odamga har doim ham talab bo‘ladi. Shuning uchun,
insonga mansab emas, balki, mansabga inson ko‘proq mos bo‘lgani ma’qul.
Ba’zilarni ular egallagan mansab bezasa, ba’zilar mansabni bezatadilar. Chunki,
bu mansab xuddi shunday aqlli va bilimli insonlar uchun mos bo‘ladi.
Hech qachon boshqa birovlarni yomonlamang, chunki, bu ish ko‘pchilikka
yoqmaydi. Kimdir birovni yomonlar ekan, bu bilan o‘z kamchiliklarini
yashirishga harakat qilib, buning telbalik ekanini anglamaydi. Shuning uchun,
ham ko‘pchilik bunday odam bilan aloqani uzishga harakat qiladi.
Axmoqlik qilgan axmoq emas, balki, buni yashira olmagan axmoqdir. Iloji
boricha, barcha kamchiliklaringizni yashirishga harakat qiling, chunki, hamma
ham xato qiladi. Ammo, aqllilar o‘z xatolarini yashiradilar, tentaklar esa, bu bilan
maqtanadilar. Sizning insonlar orasida yaxshi nom orttirishingiz ko‘proq sizning
sukunatingizga bog‘liq bo‘ladi. Gunohkor ekansiz, endi ehtiyot bo‘ling, eng
yaqin do‘stlaringizga ham bu gunohlaringizni va xatolaringizni oshkor qilmang.
Shikoyat qilishga shoshilmang – oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring, chunki,
shikoyat qilish sizga achinish yoki siz bilan birlik hissini uyg‘otmaydi, balki,
ko‘proq yomon hissiyotlar uyg‘otib, dushmanlar sonini ko‘paytiradi. Ba’zilar
o‘tmishda bo‘lib o‘tgan ishlar uchun yordam olish yoki achinish hissini uyg‘otish
maqsadida shikoyat qilib, kelajakda o‘zlari uchun turli xil muammolar hosil
qiladilar. Aqlli inson boshqalar oldida o‘zini xafa qilgan insonlar haqida ham, o‘z
xatolari haqida ham gapirmaydi. Ammo, u boshqalar uchun maqtov so‘zlari
gapirishni hech qachon unutmaydi. Bu bilan u do‘stlarni asrab, dushmanlar
yo‘liga g‘ov qo‘yadi.
Har qanday ishni boshlashdan avval, shart-sharoitni yaxshilab o‘rganish
kerak. Bu ishni ayniqsa, rejalashtirilgan ishning muvaffaqiyati aniq bo‘lmagan
hollarda amalga oshirish juda ham muhim. Ishni boshlash uchun rozilik berish
120
yoki undan voz kechishni iloji boricha orqaga surib, yaxshilab fikrlab olishga
etarli vaqt topish kerak bo‘ladi. Shunda to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun kerakli
bo‘lgan turli xil ma’lumotlar topish va o‘ylab olish uchun yetarlicha vaqt topish
mumkinbo‘ladi.
Eng nozik joyingizni imkoniyat boricha yashirishga harakat qiling, chunki,
boshqalar (
Do'stlaringiz bilan baham: |