N.Fozilov – realistik o‘zbek bolalar nasrining
yetakchi vakili.
Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug
dargohiga o tgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida
kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop
ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir.
U 1929 yili Qozog istonning Chimkent viloyatiga qa-
rashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlog ida tavallud
topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shug ullangan, bu-
vasi Tursunmuhammad A lam “G urbatiy” taxallusi bilan
she rlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan
hamnafas, hamfikr bo lib ijod qilgan. Toshkentda uning
uchta she riy kitobi chop etilgan.
Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga to g ri kel-
ganligi uchun ham o qib, ham ishlashiga to g ri keldi.
Shu tufayli u o z tengdoshlaridan ancha kech, ya ni,
1949 yilda o rta maktabni tugatgan. So ng Toshkentga
kelib, O rta Osiyo Davlat universitetiga o qishga kiradi.
Uni 1954 yilda tugatadi. Shundan so ng “Gulxan”, “Sharq
yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozim-
larda ishlaydi.
Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan. Ilk
kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. So ngra
“Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan”
(1965), “Qorxat” (1968), “Ko klam qissalari” (1970), “Jo xori
tuzoq” (1971), “Saraton” (1975), “Kichkina demang bizni”
(1977), “Diydor” (1979), 2 jildlik “Tanlangan asarlar”
(1982–1983), “Shum bolaning nabiralari” (1985), “Bolaligim
poshsholigim” (1989), “Bir otar to pponcha”, “Toshkentning
nosi”, “Said Ahmad noming baland” (1995), “Munavvar lah-
zalar” (1998), “Eslasang ko ngling yorishur” (2003), “Ustoz
so zlaganda” (2007), “Topdimu yo qotmadim” (2010) kabi
o nlab kitoblari nashrdan chiqdi.
Nosir Fozilov tarjimon sifatida ayniqsa samarali ijod
qildi. Sh. Husainovning “Nurli tosh” (pyesa, 1952), S. Muqo-
novning “Hayot maktabi” (qissa, 1954), “Cho pon o g li”
(qissa, 1960), “Cho loq polvon” (qissa, 1970), B. Mustafinning
“Qarag anda” (roman, 1956), Q. Abduqodirovning “Xojimu-
qon” (qissa, 1959), G . Musrepovning “Qozoq soldati” (roman,
1960), “Cho lqor” (qissa va hikoyalar, 1960), “Qiron qush
qo shig i” (qissa, 1970), Muxtor Avezovning “Qarash-qarash
voqeasi” (qissa, 1960), “Abay xalq farzandi” (pyesa, 1970),
M. Avezov, L. Sobolevning “Abay” (tragediya, 1970) asarla-
rini tarjima qilgan. Shuningdek, rus, turkman, qirg iz
adiblarining ham asarlarini o zbek tiliga o girgan. Ayni
paytda N. Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillari-
da kitoblari chop etilgan, shuningdek, asarlari arman,
latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qi-
lingan.
Uning ana shunday samarali mehnatlari zoye ket-
madi. 1985 yilda u “Shum bolaning nabiralari” kitobi uc-
hun O zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G . G ulom
nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarji-
malari uchun Qozog iston Yozuvchilar uyushmasining
Bayimbet Maylin nomidagi mukofotlar sohibi bo ldi.
O zbekistonda xizmat ko rsatgan san at arbobi Nosir
Fozilov 1999 yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan muko-
fotlangan. 2011 yili “Topdimu yo qotmadim” kitobi uchun
O zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan
taqdirlandi.