O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Bedarak  yo‘qolgan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  jismoniy



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

95-modda.  Bedarak  yo‘qolgan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  jismoniy
shaxsning soliq majburiyatini bajarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud  tomonidan  bedarak  yo‘qolgan  deb  e’tirof  etilgan  jismoniy  shaxsning  soliqlarni  to‘lash
bo‘yicha  soliq  majburiyati  ushbu  bedarak  yo‘qolgan  shaxsning  mol-mulkini  boshqarish  huquqiga
ega bo‘lgan shaxs (bundan buyon matnda vakolatli shaxs deb yuritiladi) tomonidan qonunchilikka
muvofiq uning mol-mulki hisobidan bajariladi.
(95-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vakolatli shaxs sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning u bedarak
yo‘qolgan deb topilgan kunda vujudga kelgan butun soliq qarzini shu bedarak yo‘qolgan shaxsning
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyati shu
muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan uning vasiysi tomonidan bajariladi.
Vasiy  muomalaga  layoqatsiz  jismoniy  shaxsning  soliqlar  bo‘yicha  butun  soliq  qarzini  shu
muomalaga layoqatsiz shaxsning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
65/333
Sud  tomonidan  bedarak  yo‘qolgan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  jismoniy
shaxsning soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini, shuningdek unga tegishli penyalar va jarimalarni
to‘lash  bo‘yicha  majburiyatni  bajarish,  shu  jismoniy  shaxsning  pul  mablag‘lari  yoki  boshqa  mol-
mulki  ko‘rsatilgan  majburiyatni  bajarish  uchun  yetarli  bo‘lmagan  (mavjud  bo‘lmagan)  taqdirda,
tegishli soliq organining qarori bilan to‘xtatiladi.
Jismoniy  shaxsni  bedarak  yo‘qolgan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  deb  topishni  bekor  qilish
to‘g‘risida  belgilangan  tartibda  qaror  qabul  qilingan  taqdirda,  to‘xtatib  turilgan  majburiyatlarning
bajarilishi mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran tiklanadi.
Ushbu moddaga muvofiq, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb
topilgan  jismoniy  shaxslarning  soliqlarni  to‘lash  bo‘yicha  majburiyatlari  yuklatilgan  shaxslar  soliq
to‘lovchilar  uchun  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  tartibda  barcha  huquqlardan  foydalanadi  va
barcha  majburiyatlarni  mazkur  moddada  nazarda  tutilgan  xususiyatlarni  hisobga  olgan  holda
bajaradi. Ushbu modda bilan o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish chog‘ida, shu munosabat
bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik aybi uchun javobgarlikka tortiladigan mazkur shaxslar
ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  jarimalarni  tegishlicha  sud  tomonidan  bedarak  yo‘qolgan  yoki
muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning mol-mulki hisobidan to‘lashga haqli emas.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish