O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
Ushbu  Kodeks  maqsadida  quyidagi  sohalarda  faoliyat  ko‘rsatuvchi  yuridik  shaxslar  ijtimoiy
sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:
1)  tegishli  litsenziya  asosida  tibbiyot  muassasalari  tomonidan  ko‘rsatiladigan  tibbiy  xizmatlar
(bundan  kosmetologiya  xizmatlari  mustasno).  Tibbiy  xizmatlar  jumlasiga,  ushbu  bandni  qo‘llash
maqsadida, quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish:
a) tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
b) stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari;
2) ta’limga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar o‘tkazishni tashkil etish;
3)  ilm-fan  sohasidagi  vakolatli  organ  tomonidan  akkreditatsiya  qilingan  ilmiy  va  (yoki)  ilmiy-
texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu jumladan
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni
realizatsiya qilish);
4)  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  xizmatlar.  Bunday  xizmatlarga,  xususan,  quyidagilar
kiradi:
a) sport inshootlarida, maktablarda, sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi klublarda jismoniy tarbiya
va  sport  mashg‘ulotlarini  sport  turlari  bo‘yicha  o‘quv  guruhlari  hamda  jamoalarida  o‘tkazish
xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari;
b)  sport  musobaqalari  yoki  bayramlarini,  sport-tomosha  tadbirlarini  o‘tkazish  xizmatlari,
shuningdek  ushbu  tadbirlarga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  ularni  o‘tkazish  uchun  sport  inshootlarini
ijaraga berish;
v)  sport-texnika  asbob-uskunalarini,  trenajyorlarni,  anjomlarni,  sport  kiyim-boshlarini  berib
turish bo‘yicha xizmatlar;
5) bolalarni, keksalarni va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning
ijtimoiy ta’minoti sohasidagi xizmatlar.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
  ko‘rsatilgan  shaxslar,  ularning  tegishli  faoliyat  turlaridan
olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik
daromadining  kamida  90  foizini  tashkil  etishi  sharti  bilan,  ijtimoiy  sohada  faoliyatni  amalga
oshiruvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.
Aksiz  to‘lanadigan  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  va  realizatsiya  qilishga  doir  faoliyatdan
daromadlar  oluvchi,  shuningdek  foydali  qazilmalarni  qazib  olishni  amalga  oshiruvchi  yuridik
shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish