448-modda. Soliq to‘lash tartibi
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi, bundan
qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar,
shuningdek dehqon xo‘jaliklari mustasno.
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-
yanvarigacha, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz
kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga
mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq
stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi
ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq
to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan
e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Ushbu moddaning
ikkinchi qismiga
muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni
tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar
mustasno) — har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi
miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni
tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek
aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak
uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida
to‘lanadi.
Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq summasi
to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan
qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar
tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq
hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi
lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq
organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda
qaytadan hisob-kitob qiladi.
Dehqon xo‘jaliklari tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-
mayigacha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |