O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq solish obyekti



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

411-modda. Soliq solish obyekti
Ko‘chmas  mulk  yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  (bundan  buyon  ushbu
bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1)  ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazuvchi  organlarda  ro‘yxatdan
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga
doir  loyiha-smeta  hujjatlarida  belgilangan  normativ  muddatda  qurilishi  tugallanmagan  obyektlar,
agar  qurilishning  normativ  muddati  belgilanmagan  bo‘lsa,  ushbu  obyektning  qurilishiga  vakolatli
bo‘lgan  organning  ruxsatnomasi  olingan  oydan  e’tiboran  yigirma  to‘rt  oy  ichida  qurilishi
tugallanmagan obyektlar kiradi;
3)  temir  yo‘llar,  magistral  quvurlar,  aloqa  va  elektr  uzatish  liniyalari,  shuningdek  mazkur
obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
4)  qurilish  tashkilotlari  yoki  imoratlarni  quruvchilar  balansida  keyinchalik  sotish  uchun
ko‘rsatilgan  turar  joy  ko‘chmas  mulk  obyektlari,  ko‘chmas  mulk  obyekti  foydalanishga
topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach.
Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1)  notijorat  tashkilotlari  tomonidan  notijorat  faoliyatini  amalga  oshirish  doirasida
foydalaniladigan obyektlar;
2) turar joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan boshqa
umumfuqaroviy  ahamiyatga  molik  shahar  xo‘jaligi  obyektlari.  Turar  joy-kommunal  va  boshqa
umumfuqaroviy  ahamiyatga  molik  shahar  xo‘jaliklari  obyektlari  jumlasiga  shaharlar  va
shaharchalarni  sanitariya  tozalash,  obodonlashtirish  va  ko‘kalamzorlashtirish  obyektlari,  tashqi
yoritish,  kommunal-maishiy  ehtiyojlar  uchun  va  aholiga  vodoprovod  (suv  olish  va  tozalash
inshootlari  bilan),  kanalizatsiya  (tozalash  inshootlari  bilan),  gaz,  qozonxonalar  va  issiqlik
taqsimlanadigan  tarmoqlar  (ularning  inshootlari  bilan),  shuningdek  turar  joy-kommunal  xo‘jaligi
obyektlariga  texnik  jihatdan  xizmat  ko‘rsatish  va  ularni  ta’mirlash  uchun  mo‘ljallangan  binolar
kiradi;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5)  soliq  to‘lovchining  balansida  bo‘lgan  hamda  tadbirkorlik  faoliyatida  foydalanilmayotgan,
fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
6)  tabiatni  muhofaza  qilish  va  sanitariya-tozalash  maqsadlari,  yong‘in  xavfsizligi  uchun
foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va
yong‘in  xavfsizligi  uchun  foydalaniladigan  obyektlar  jumlasiga  kiritish  tegishli  ekologiya  va  atrof-
muhitni  muhofaza  qilish  yoki  yong‘in  xavfsizligi  organining  ma’lumotnomasi  asosida  amalga
oshiriladi;
7) yer uchastkalari.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish