O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya)



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

373-modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya)
Mehnatga  haq  to‘lash  tarzidagi  daromadga  kiritiladigan  kompensatsiya  to‘lovlari
(kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar (ish
staji  uchun  ustamalar,  baland  tog‘li,  cho‘l  va  suvsiz  hududlarda  ishlaganlik  uchun  belgilangan
koeffitsiyentlar  bo‘yicha  to‘lovlar).  Bunda  yuridik  shaxslar  xodimlarining  cho‘l  va  suvsiz  joylarda,
baland  tog‘li  va  tabiiy-iqlim  sharoiti  noqulay  hududlarda  ishlaganlik  uchun  ish  haqiga
koeffitsiyentlar  hisoblashning  eng  yuqori  summasini  aniqlash  hisoblash  sanasida  belgilangan
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
2)  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan  kasblar  va  ishlar
ro‘yxati  bo‘yicha  og‘ir,  zararli,  o‘ta  zararli  mehnat  sharoitlarida  ishlaganlik  uchun  ustamalar,  shu
jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish
kunlarida  va  bayram  (ishlanmaydigan)  kunlarida  ishlaganlik  uchun  tarif  stavkalariga  hamda
maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar;
4)  ko‘p  smenali  rejimda  ishlaganlik,  shuningdek  bir  necha  kasbda,  lavozimda  ishlaganlik,
xizmat  ko‘rsatish  doirasi  kengayganligi,  bajariladigan  ishlar  hajmi  ortganligi,  o‘zining  asosiy  ishi
bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5)  doimiy  ishi  yo‘lda  kechadigan,  harakatlanish  va  (yoki)  qatnov  tusiga  ega  bo‘lgan
xodimlarning,  shuningdek  doimiy  ishi  ishlarning  vaxta  usulida  bajarilishini  nazarda  tutadigan
xodimlarning ish haqiga qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar;
(373-moddaning  5-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6)  ish  beruvchi  joylashgan  yerdan  (yig‘ilish  punktidan)  ishlash  joyigacha  borish  va  u  yerdan
qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yo‘lga
ketadigan  kunlar,  shuningdek  xodimlar  meteorologik  sharoitlar  sababli  va  transport
tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida
to‘lanadigan summalar;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
266/333
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va
u  yerdan  qaytish  uchun  shaxtada  (konda)  harakatlanishining  me’yoriy  vaqti  uchun  to‘lanadigan
qo‘shimcha haqlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8) qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;
(373-moddaning  8-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9)  xizmat  safarlari  vaqtida  qonunchilikda  belgilangan  normalardan  ortiqcha  kundalik
xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
(373-moddaning  9-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
10)  ishlar  vaxta  usulida  tashkil  etilganda,  ish  vaqti  umumlashtirilgan  holda  hisobga
olinayotganda va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan
davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun
to‘lovlar;
(373-moddaning  10-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11)  xizmat  safarlari  uchun  xodimning  shaxsiy  avtomobilidan  yoki  xizmat  maqsadlari  uchun
uning  boshqa  mol-mulkidan  qonunchilikda  belgilangan  normalardan  ortiqcha  foydalanganlik
uchun to‘lovlar;
(373-moddaning  11-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq
zararning  o‘rnini  qoplash  uchun  ushbu  Kodeks  369-moddasi  ikkinchi  qismining 
10-bandida
ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
13)  oziq-ovqat  va  yo‘l  chiptalarining  qiymati  yoki  oziq-ovqat  va  yo‘l  chiptalarining  qiymatini
qoplash.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish