O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar chog‘ida soliq solishning o‘ziga



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

325-modda. Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar chog‘ida soliq solishning o‘ziga
xos xususiyatlari
Ushbu  Kodeksning 
53-moddasida
  nazarda  tutilgan  tartibda  amalga  oshiriladigan  qimmatli
qog‘ozlarga doir qarz operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada belgilangan o‘ziga
xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Qimmatli  qog‘ozlarni  qarzga  berish  va  qimmatli  qog‘ozlarni  qarzdan  qaytarib  olish  chog‘ida
soliq  solish  maqsadlarida  moliyaviy  natija  aniqlanmaydi,  bundan  ushbu  moddada  belgilangan
hollar  mustasno.  Bunda  qarz  shartnoma  bo‘yicha  berilgan  qimmatli  qog‘ozlarni  sotib  olish
xarajatlari  kreditor  tomonidan  mazkur  qimmatli  qog‘ozlarni  ushbu  Kodeks  qoidalarini  hisobga
olgan  holda  kelgusida  (qarz  qaytarilgandan  keyin)  realizatsiya  qilish  (chiqib  ketishi)  chog‘ida
hisobga olinadi.
Soliq  to‘lovchilar  qimmatli  qog‘ozlar  qarzi  doirasida  berilgan  (olingan)  qimmatli  qog‘ozlar
bo‘yicha alohida soliq hisobini yuritishi shart. Qimmatli qog‘ozlar qarzi bo‘yicha analitik hisob har bir
taqdim etilgan (olingan) qarz bo‘yicha yuritiladi.
Qarz  shartnomasiga  ko‘ra,  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  to‘lovlar,  agar  ularni  olishga  bo‘lgan
huquq  qarz  shartnomasi  amal  qilishi  davrida  yuzaga  kelgan  bo‘lsa,  qarz  oluvchining  daromadlari
deb e’tirof etilmaydi va qarz beruvchining daromadlariga kiritiladi.
Foizli  (kuponli)  daromad  kreditorning  soliq  bazasini  ushbu  bo‘limda  belgilangan  tartibda
hisob-kitob  qilishda  hisobga  olinadi  va  qarz  oluvchining  qarz  obyekti  bo‘lgan  qimmatli  qog‘ozlar
bo‘yicha foizli (kuponli) daromadi bo‘yicha soliq bazasini aniqlash chog‘ida hisobga olinmaydi.
Agar  qimmatli  qog‘ozlarga  doir  qarz  shartnomasi  norezident  (kreditor)  va  O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs (qarz oluvchi) o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa hamda
qimmatli  qog‘ozlarga  doir  qarz  shartnomasining  amal  qilish  davrida  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha
foizli  (diskont)  daromad  to‘lansa  yoki  qarz  predmeti  bo‘lgan  aksiyalar  (dividendlar  olish  huquqini
beradigan  depozitar  tilxatlar)  bo‘yicha  dividendlar  to‘lansa,  bunday  qarz  oluvchi  foizli  (diskont)
daromadga yoki dividendlar tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb e’tirof etiladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
227/333
Kreditor  tomonidan  qimmatli  qog‘ozlarga  doir  qarz  shartnomasi  bo‘yicha  olinishi  lozim
bo‘lgan foizlar uning ushbu bo‘limga muvofiq hisobga olinadigan daromadi deb e’tirof etiladi.
Qarz oluvchi tomonidan qimmatli qog‘ozlarga doir qarz shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim
bo‘lgan foizlar uning ushbu bo‘limga muvofiq hisobga olinadigan xarajatlari deb e’tirof etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish