11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
173/333
xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi
uchun mo‘ljallangan tovarlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga
kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg‘aga olingan
madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi;
(246-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
7) xalqaro kitob almashinuvi bo‘yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan
olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga
oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan
kinematografiya asarlari;
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan banknotlar (bundan
kolleksiyalash uchun mo‘ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari
hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda
nazarda tutilgan bo‘lsa;
(246-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini
sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining
texnik vositalari;
Oldingi
tahrirga qarang.
11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan
buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun
mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha
olib kiriladigan xomashyo. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib
kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun
mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(246-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: