O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Shikoyat berish tartibi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

231-modda. Shikoyat berish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
(231-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shaxsning  soliq  organiga  uning  kuchga  kirgan  va  kuchga  kirmagan,  normativ  xususiyatga
ega  bo‘lmagan  hujjatlari,  uning  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan
shikoyat  qilingan  murojaati,  agar  ushbu  shaxsning  fikriga  ko‘ra  mazkur  hujjatlar,  harakatlar  yoki
harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb e’tirof etiladi.
Soliq  organining  yuqori  turuvchi  organiga  yoki  sudga  shikoyat  berish  tegishincha  shikoyat
bo‘yicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning
qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu
jumladan  qo‘shimcha  hisoblangan  soliqlar  va  yig‘imlarni  undirishni,  shuningdek  moliyaviy
sanksiyalar  qo‘llanilishini  to‘xtatib  turadi.  Soliq  to‘lovchi  qaysi  soliq  organining  qarori  yoki
mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha organni
soliq  organining  yuqori  turuvchi  organiga  yoki  sudga  shikoyat  berganligi  to‘g‘risida  tegishli
tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
160/333
Soliq  organining  sayyor  soliq  tekshiruvlari  va  soliq  auditi  natijalari  bo‘yicha  qabul  qilgan
qarorlari  ustidan  sud  tartibida  shikoyat  qilish  faqat  yuqori  turuvchi  soliq  organiga  shikoyat
qilinganidan  keyingina  mumkin  bo‘ladi.  Bu  qoida  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq
qo‘mitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Agar  shikoyat  bo‘yicha  qaror  ushbu  Kodeksning  235-moddasi 
sakkizinchi
  va 
to‘qqizinchi
qismlarida
 belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinmasa, soliq
organlarining  normativ  xususiyatga  ega  bo‘lmagan  hujjatlari,  ular  mansabdor  shaxslarining
harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan, shikoyatlarni ko‘rib
chiqish  yakunlari  bo‘yicha  qabul  qilingan  hujjatlari  ustidan  faqat  sud  tartibida  shikoyat  qilinishi
mumkin.
Tuman  (shahar)  davlat  soliq  inspeksiyalari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan, shikoyatlarni
ko‘rib  chiqish  yakunlari  bo‘yicha  qabul  qilingan  hujjatlari  ustidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat
soliq qo‘mitasiga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasining  normativ  xususiyatga  ega  bo‘lmagan
hujjatlari,  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  sud  tartibida  shikoyat
qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ
hujjatlari),  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  sud  tartibida  shikoyat
qilish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Shikoyat bergan shaxs shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar uni ko‘rib chiqayotgan
soliq organiga yozma ariza yuborish yo‘li bilan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olishi mumkin.
Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni o‘sha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat
qilish huquqidan mahrum etadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish