O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

23-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar
186-modda.  Transfert  narxni  belgilashda  soliq  nazoratida  foydalaniladigan  usullar
to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
Transfert  narxni  belgilash  chog‘ida  soliq  nazorati  o‘tkazilganida  (shu  jumladan  nazorat
qilinadigan  bitimning  tijorat  va  (yoki)  moliyaviy  shartlari  hamda  uning  natijalari  taqqoslanadigan
bitimlarning  tijorat  va  (yoki)  moliyaviy  shartlari  hamda  ularning  natijalari  bilan  taqqoslanganda)
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  ushbu  moddada  belgilangan  tartibda  quyidagi
usullardan foydalanadi:
1) taqqoslanadigan bozor narxlarining usulidan;
2) keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan;
3) xarajat usulidan;
4) taqqoslanadigan rentabellik usulidan;
5) foydani taqsimlash usulidan.
Zarur  bo‘lgan  hollarda  ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  nazarda  tutilgan  ikki  va  undan
ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining 
ikkinchi  qismida
boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  nazorat  qilinadigan  bitimlar  narxlarining  bozor
narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi.
Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa
yoxud  uni  qo‘llash  nazorat  qilinadigan  bitimlar  narxlarining  bozor  narxlariga  muvofiqligi  yoki
nomuvofiqligi to‘g‘risida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu moddaning birinchi
qismi 
2 — 5-bandlarida
 ko‘rsatilgan boshqa usullarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Agar  tegishli  tovarlar  (xizmatlar)  bozorida  hech  bo‘lmaganda  bir  turdagi  tovarlar  (xizmatlar)
predmeti  bo‘lgan  bitta  taqqoslanadigan  bitim  mavjud  bo‘lsa,  shuningdek  bunday  bitim  haqida
yetarlicha  axborot  mavjud  bo‘lsa,  nazorat  qilinadigan  bitimlar  narxlarining  bozor  narxlariga
muvofiqligini  ushbu  Kodeksning 
188-moddasida
  nazarda  tutilgan  tartibda  aniqlash  uchun
taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi.
Soliq  to‘lovchining  nazorat  qilinadigan  bitimi  narxining  bozor  narxlariga  muvofiqligini
aniqlash  maqsadida  taqqoslanadigan  bozor  narxlari  usulini  qo‘llash  uchun  ushbu  soliq
to‘lovchining  mustaqil  shaxslar  bilan  tuzgan  bitimlaridan,  basharti  bunday  bitimlar  taqqoslansa,
taqqoslanadigan bitimlar sifatida foydalanilishi mumkin.
Aynan  o‘xshash  (bir  turdagi)  tovarlar  (xizmatlar)  bilan  taqqoslanadigan  bitimlarda  narxlar
to‘g‘risidagi  hamma  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  axborot  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  transfert
narxni belgilashda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning to‘liqligini aniqlash maqsadida ushbu
moddaning birinchi qismi 
2 — 5-bandlarida
 ko‘rsatilgan usullarning biridan foydalaniladi.
Agar  ushbu  bobda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  nazorat  qilinadigan
bitimning  haqiqiy  holatlari  va  shartlarini  inobatga  olgan  holda  bitim  narxining  bozor  narxlariga
muvofiqligi  yoki  nomuvofiqligi  haqida  ko‘proq  asoslangan  xulosa  qilishga  imkon  beradigan
usuldan foydalaniladi.
Ushbu  moddaning  birinchi  qismi 
2  —  5-bandlarida
  ko‘rsatilgan  usullardan  soliq  solish
maqsadi  uchun  nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhi  bo‘yicha  daromadlarni  aniqlashda
ham foydalanilishi mumkin.
Aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti bo‘lgan va taqqoslanadigan tijorat
va  (yoki)  moliyaviy  shartlarda  amalga  oshirilgan  bitimlar  ushbu  bo‘limning  maqsadi  uchun  bir
turdagi bitimlar deb e’tirof etiladi.
Nazorat  qilinadigan  bitimlarda  soliq  solish  maqsadida  daromadlarni  (foydani,  tushumni)
aniqlash chog‘ida foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi,
shuningdek  taqqoslanadigan  bitimlarni  nazorat  qilinadigan  bitim  bilan  taqqoslashni  ta’minlash
maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi inobatga olinishi kerak.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
130/333
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  nazarda  tutilgan  usullarni  qo‘llash  maqsadida  aniq
bitimlar  to‘g‘risidagi  axborotdan  tashqari  bozor  narxlarining  shakllangan  darajasi  va  (yoki)  birja
kotirovkalari  haqidagi  hamma  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan,  shuningdek  axborot-narx
agentliklarining  tegishli  tovarlar  (xizmatlar)  bozorlaridagi  aynan  o‘xshash  (bir  turdagi)  tovarlarga
(xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  nazarda  tutilgan  usullarni  qo‘llash  maqsadida  bozor
narxlari  to‘g‘risidagi  hamma  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan  axborot  manbalaridan  foydalanishga,
basharti  ushbu  axborot  manbalarida  ma’lumotlari  mavjud  bo‘lgan  bitimlarning  nazorat  qiladigan
bitim bilan taqqoslanishi ta’minlansa, yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu  moddaning  birinchi  qismi 
2
  va 
3-bandlarida
  ko‘rsatilgan  usullarni  qo‘llash  uchun
xarajatlarni  hisobga  olish  tartibida  ushbu  usullarga  muvofiq  hisob-kitob  qilinadigan
ko‘rsatkichlarga  va  rentabellik  oralig‘iga  ta’siri  sezilarli  bo‘lmasligini  ta’minlaydigan  rentabellik
oralig‘i  hisob-kitob  qilinadigan  moliyaviy  hisobotlarning  ma’lumotlari  taqqoslanadigan  tarzga
keltirilishi kerak.
Agar  rentabellik  oralig‘ini  hisob-kitob  qilish  va  nazorat  qilinadigan  bitimlarda  soliq  solish
maqsadida 
daromadlarni 
(foydani, 
tushumni) 
aniqlash 
uchun 
moliyaviy 
hisobotlar
ma’lumotlarining taqqoslanishini ta’minlash mumkin bo‘lmasa, ushbu moddaning birinchi qismi 
4
va 
5-bandlarida
 ko‘rsatilgan usullardan foydalaniladi.
Ushbu  moddaning  birinchi  qismi 
4
  va 
5-bandlarida
  ko‘rsatilgan  usullar  bozor  narxlari
ko‘rsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qo‘llanilishi mumkin. Ko‘rsatilgan usullardan
foydalanilganda  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  nazorat  qilinadigan  bitimning
moliyaviy  ko‘rsatkichlarini  (natijalarini)  taqqoslanadigan  bitimlar  bo‘yicha  rentabellik  oralig‘i  bilan
taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar bo‘lsa, olinishi mumkin
bo‘lgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Xuddi  shunday  tartibda  nazorat  qilinadigan  bir  turdagi  bitimlar  guruhining  moliyaviy
ko‘rsatkichlari  (natijalari)  taqqoslanadigan  bitimlar  bo‘yicha  rentabellik  oralig‘i  asosida  hisob-kitob
qilingan  moliyaviy  ko‘rsatkichlar  bilan  taqqoslanadi  va  daromadlarning  summalariga  hisob-kitob
qilish amalga oshiriladi.
Sud bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini belgilash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan
boshqa holatlarni ushbu bo‘limda nazarda tutilgan cheklovlarsiz inobatga olishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar bitimlarni tuzishda ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan maqsadlarda narxni
belgilash sohasidagi o‘z siyosatini asoslash uchun ushbu moddaning 
birinchi qismida
 ko‘rsatilgan
usullarga amal qilishi shart emas.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish