O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq bazasiga mustaqil ravishda tuzatish kiritish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

177-modda. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq bazasiga mustaqil ravishda tuzatish kiritish
Agar  transfert  narxning  belgilanishi  ushbu  Kodeksning  176-moddasi 
yettinchi  qismida
ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta soliqning (bo‘nak va joriy to‘lovining) summalari kamaytirilishiga yoki
zarar summasining ko‘paytirilishiga olib kelgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasiga va (yoki) tegishli
soliqlarning (zararning) summasiga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli.
Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha soliq davrini
(soliq davrlarini) o‘z ichiga oluvchi kalendar yil o‘tgach amalga oshiriladi.
Soliq  to‘lovchi  qaysi  bitimga  nisbatan  soliq  bazasiga  va  (yoki)  soliq  summasiga  mustaqil
ravishda tuzatish kiritgan bo‘lsa, o‘sha bitimni identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar
tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotiga ilova qilinadigan tushuntirishlarda ko‘rsatiladi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish:
1)  yuridik  shaxslar  tomonidan  —  foyda  solig‘i  bo‘yicha  soliq  hisobotini  taqdim  etish  uchun
belgilangan muddatlarda;
2)  jismoniy  shaxslar  tomonidan  —  jismoniy  shaxsning  jami  yillik  daromadi  to‘g‘risida
deklaratsiyani topshirish muddatlarida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismiga
 muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish natijalariga
ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan to‘lanmagan soliqlar summasi tegishli
soliq  davri  uchun  foyda  solig‘ini  (jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘ini)  to‘lash
sanasidan  kechiktirilmagan  muddatda  to‘lanishi  kerak.  Bunda  taqdim  etilgan  aniqlashtirilgan
hisobot  bo‘yicha  soliq  majburiyati  yuzaga  kelgan  sanadan  to  mazkur  moddasining 
uchinchi
qismida
  ko‘rsatilgan  muddat  tugaguniga  qadar  bo‘lgan  davr  uchun  to‘lanmagan  soliqlar
summasiga penyalar hisoblanmaydi.
Kalendar  yil  ichida  tugaydigan  soliq  davrlarining  (hisobot  davrlarining)  yakunlari  bo‘yicha
soliqlarni  (bo‘nak  va  joriy  to‘lovlarni)  hisoblab  chiqarishda  soliq  to‘lovchi  bitimlarning  haqiqiy
narxlaridan foydalanishga haqli.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish