164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish
Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qaror u kuchga kirgan kundan e’tiboran ijro etilishi lozim.
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga
yuklatiladi.
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori
turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga
kirgan kundan e’tiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |