O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  o‘ziga  nisbatan  tekshiruv  dalolatnomasi  tuzilgan  shaxs  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilik
buzilishini sodir etgan-etmaganligini;
(158-modda o‘n beshinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-etmasligini;
3)  shaxsni  soliqqa  oid  huquqbuzarlik  sodir  etganlik  uchun  javobgarlikka  tortishga  asoslar
mavjud-mavjud emasligini;
4) soliq to‘lovchining e’tirozlari asoslanganligini belgilaydi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud bo‘lgan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar
o‘rinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi holatlarni
yoki  soliqqa  oid  huquqbuzarlik  sodir  etganlik  uchun  javobgarlikni  yumshatuvchi  yoxud
og‘irlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun qo‘shimcha
dalillar  olish  zarur  bo‘lgan  taqdirda  yoki  ular  bo‘lmaganda  soliq  organining  rahbari  (rahbar
o‘rinbosari)  soliq  nazoratining  qo‘shimcha  tadbirlarini  bir  oydan  oshiq  bo‘lmagan  muddatda
o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir.
(158-moddaning o‘n yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorda bunday qo‘shimcha
tadbirlarni o‘tkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni o‘tkazish muddati va
aniq shakli ko‘rsatiladi.
Soliq  nazoratining  qo‘shimcha  tadbirlari  sifatida  ushbu  Kodeksning 
146
  va 
147-moddalariga
muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni so‘roq qilish, ekspertiza amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq nazorati qo‘shimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining o‘tkazilgan
qo‘shimcha  tadbirlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  shuningdek  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilik
buzilishlari  sodir  etilganligi  yoki  ularning  mavjud  emasligi  faktini  tasdiqlash  uchun  olingan
qo‘shimcha  dalillar,  tekshiruvchilarning  aniqlangan  qoidabuzarliklarni  bartaraf  etishga  doir
xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu Kodeksda
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, soliq
auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qo‘shimchada qayd etiladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
110/333
(158-moddaning yigirmanchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq  auditi  va  (yoki)  sayyor  soliq  tekshiruvi  dalolatnomasiga  doir  qo‘shimcha  soliq
nazoratining  qo‘shimcha  tadbirlarini  o‘tkazgan  soliq  organining  mansabdor  shaxslari  tomonidan
bunday tadbirlar tugagan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak.
Soliq  auditi  va  (yoki)  sayyor  soliq  tekshiruvi  dalolatnomasiga  doir  qo‘shimcha  soliq
nazoratining  qo‘shimcha  tadbirlari  natijasida  olingan  materiallar  ilova  qilingan  holda  ushbu
qo‘shimcha tuzilgan sanadan e’tiboran uch kun ichida o‘ziga nisbatan tekshiruv o‘tkazilgan shaxsga
(uning  vakiliga)  imzo  qo‘ydirib  berilishi  yoki  u  olingan  sana  to‘g‘risida  dalolat  beruvchi  boshqa
usulda topshirilishi kerak.
Agar o‘ziga nisbatan tekshiruv o‘tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki) sayyor soliq
tekshiruvi  dalolatnomasiga  doir  qo‘shimchani  olishdan  bosh  tortsa,  bunday  fakt  tekshiruv
dalolatnomasiga  doir  qo‘shimchada  aks  ettiriladi.  Bunday  holda  soliq  tekshiruvi  dalolatnomasiga
doir  qo‘shimcha  tashkilotning  (alohida  bo‘linmaning)  joylashgan  yeri  yoki  jismoniy  shaxsning
yashash  joyi  bo‘yicha  pochta  orqali  buyurtma  xat  bilan  yuboriladi  va  buyurtma  xat  yuborilgan
sanadan e’tiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
O‘ziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq
tekshiruvi  dalolatnomasiga  doir  qo‘shimcha  olingan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida  tekshiruv
dalolatnomasiga doir bunday qo‘shimcha bo‘yicha umuman yoki uning alohida qoidalari yuzasidan
yozma e’tirozlarini taqdim etishga haqli.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish