O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq auditini o‘tkazishga doir cheklovlar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

143-modda. Soliq auditini o‘tkazishga doir cheklovlar
Soliq  organlari  soliq  to‘lovchining  aynan  bitta  davr  uchun  aynan  bir  xil  soliqlar  bo‘yicha  bir
martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq
organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan
taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq to‘lovchining hududiga kirishi
Bevosita  soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  soliq  organlari  mansabdor  shaxslarining
tekshirilayotgan  shaxsning  hududiga  yoki  binosiga  kirishi  ushbu  mansabdor  shaxslar  tomonidan
xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) ushbu shaxsning soliq
tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Soliq  organlarining  bevosita  soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  mansabdor  shaxslari  ko‘rsatilgan
obyektlar  to‘g‘risidagi  aniq  ma’lumotlarning  tekshirilayotgan  shaxs  tomonidan  taqdim  etilgan
hujjatlarga  asoslangan  ma’lumotlarga  muvofiqligini  aniqlash  maqsadida  tekshirilayotgan
shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini
yoxud soliq solish obyektlarini ko‘zdan kechirishni o‘tkazishi mumkin.
Soliq organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga
yoki  binolarga  (bundan  turar-joy  binolari  mustasno)  kirishiga  to‘sqinlik  qilingan  taqdirda  soliq
organining  mansabdor  shaxsi  o‘zi  va  tekshirilayotgan  shaxs  tomonidan  imzolanadigan
dalolatnomani  tuzadi.  Bunday  dalolatnoma  asosida  soliq  organi  tekshirilayotgan  shaxs  to‘g‘risida
o‘zida  mavjud  bo‘lgan  ma’lumotlar  yoki  xuddi  shunday  soliq  to‘lovchilar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar
asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
101/333
shaxs  ko‘rsatilgan  dalolatnomani  imzolashni  rad  etgan  taqdirda  mazkur  dalolatnomaga  tegishli
qayd kiritiladi.
Soliq  tekshiruvini  o‘tkazuvchi  soliq  organlari  mansabdor  shaxslarining  turar-joy  binolariga
ularda  yashovchi  jismoniy  shaxslarning  xoxishiga  qaramay  yoki  xoxishiga  qarshi  qonunda  yoki
sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish