5 mavzu. KORXONANING AYLANMA MABLAG‘LARI Reja 5.1.
Aylanma fondlar va aylanma mablag‘lar: tarkibi va tuzilishi
5.2.
Aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish
5.3.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari
5.4. A
ylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini
tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning
xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish
va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
" ishlab chiqarish zaxiralari;
" tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor maxsulotlar;
" kelgusi davr xarajatlari.