O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


  ta   innovatsion  loyiha  amalga



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/563
Sana07.01.2022
Hajmi4,89 Mb.
#327431
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   563
Bog'liq
Soha iqt va men-UMK-2021

7  ta   innovatsion  loyiha  amalga 
oshirilyapti
.  
1-loyiha —  gaz  transporti  tizimida  dispetcherlik  boshqaruv  va  ma’lumotlar 
yig‘imining avtomatlashtirilishi (SCADA — Supervisory  Control  And  Data Acquisition 
- Dispetcherskoe upravlenie i sbor dannыx).  Mazkur SCADA dasturi ijrosi gaz transporti 
tizimida  ma’lumotlarni  real  vaqtda  qabul  qilish,  qayta  ishlash,  texnologik  protsesslarni 
mantiqiy  boshqarish,  ma’lumotlarni  despetcherlik  boshqaruviga  avtomatik  ravishda 
uzatish,  magistral  gaz  quvurlarida  sodir  bo‘lgan  avariya  holatlari  bo‘yicha  real  vaqt 
sharoitlarida xabardor qilish imkonini beradi.   
2-loyihada tabiiy  gazni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalardan  to  iste’molchigacha 
bo‘lgan  hisob  va  nazoratning   5-bosqichli  avtomatlashgan  tizimi  (ASKUG- 
avtomatizirovannaya  sistema  kontrolya  i  ucheta  gaza,  avtomatlashtirilgan  gaz  nazorati  va 
xisobga olish tizimi) bo‘lib  bu tizim hozir amalda. Unda ishlab chiqaruvchi korxonalar va 
magistral gaz quvurlari boshqarmalarining bo‘linish chegaralariga zamonaviy elektron gaz 
hisoblagichlar  o‘rnatilib,  dispetcherlik  boshqaruvi  tizimiga  ulanadi;  gaz  taqsimlash 
stansiyalari  va  viloyat  gaz  filiallarining  yuqori  bosimli  gaz  quvurlari  chegarasiga 
zamonaviy  elektron  gaz  hisoblagichlar  o‘rnatilib,  ma’lumotlar  on-layn  rejimida 
dispetcherlik  xizmatlariga  uzatiladi;  tumanlararo  chegaralarga  zamonaviy  elektron  gaz 
hisoblagichlarini  o‘rnatish,  har  bir  tuman  va  shaharga  kirib  kelayotgan  gazning  aniq 
hisobini  belgilash  jarayonlaridan  iborat.  Hozirda  bo‘linish  chegaralariga  o‘rnatilgan 
elektron  gaz  hisoblagichlariga
 
zamonaviy  aloqa  tizimlarini  o‘rnatish  va  muayyan  tartib 
asosida  dispetcherlik  xizmatlari  faoliyatida  jarayonni  monitoring  orqali  kuzatish  bo‘yicha 
sinov ishlari olib borilmoqda. ASGUK (avtomatlashtirilgan gaz nazorati va xisobga  olish 
tizimi) tizimining yana bir afzalligi shundaki, bunda yirik sanoat korxonalariga zamonaviy 


224 
 
elektron  gaz  hisoblagichlari  o‘rnatiladi  hamda  on-layn  sharoitida  nazorat  qilinadi. 
YAkuniy bosqichida esa, har bir aholi xonadoniga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar 
o‘rnatiladi va barcha elektron gaz hisoblagichlar yagona “Billing” tizimga ulanadi. Tabiiy 
gazni ishlab chiqaruvchi korxonalardan to iste’molchigacha bo‘lgan hisob va nazoratning 
5-bosqichli bu avtomatlashgan tizimini ichiga olgan loyihaning amalga oshirilishi — tabiiy 
gaz  ishlab  chiqaruvchidan  to  oxirgi  iste’molchigacha  etkazilgan  tabiiy  gaz  hisobini  real 
vaqt  sharoitlarida  yuritish  imkoni  yaratilib,  ishlab  chiqarishda  inson  omili  ishtiroki 
kamayadi.  
3-loyihada kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarining dvigatellaridan 
ajralib  chiqayotgan  issiqlik  energiyasidan  elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish  ko‘zda 
tutilgan. Ushbu innovatsion loyiha bo‘yicha Italiyaning “TURBODEN” kompaniyasi bilan 
hamkorlikda  Andijon  viloyatidagi
 
“Xo‘jaobod”  er  osti  gaz  saqlash  omborlarining  gaz 
haydash  agregatlarida  amaliy  ishlar  boshlab  yuborilgan.  Bunda  gaz  trubinali  kompressor 
stansiyasida  tabiiy  gazning  yoqilishidan  hosil  bo‘ladigan  ko‘p  miqdordagi  issiqlik 
energiyasidan  soatiga  1,0  MVt  yoki  yiliga  3,0  mln.kVt.soat  elektr  energiyasini  ishlab 
chiqarishga  erishiladi.  Ushbu  texnologiyaning  yana  bir  afzalligi  shundaki,  unda  suv 
o‘rniga past haroratli suyuqlik ishlatiladi hamda ishlab chiqarish jaryonlari uchun deyarli 
tekin  elektr  energiyasidan  foydalaniladi.  “O‘ztransgaz”  AJ  tomonidan  ushbu  innovatsion 
loyihani  2025 yilga qadar yana 4 ta ob’ektga tadbiq etish va yillik elektr energiyasi ishlab 
chiqarishni 200 mln. kVt/soatga etkazish rejalashtirilgan.  
4-  loyiha  bo‘yicha  gaz  transporti  tizimi  ishonchliligini  oshirish  maqsadida  hozirda 
zamonaviy  innovatsion  diagnostik  qurilmalariga  ega  bo‘lgan  pilotsiz  uchish  apparatlari 
xarid  qilinayotganini  alohida  ta’kidlash  o‘rinli.  Bu  apparatlar  yordamida  magistral  gaz 
tarmoqlarini  texnik  talablar  asosida  o‘z  vaqtida  sifatli  ko‘rikdan  o‘tkazish,  ulardagi 
nuqsonli  uchastkalarni  belgilash,  magistral  gaz  quvurlari  himoya  zonalarida  noqonuniy 
qurilmalarni  aniqlash  imkoni  yaratiladi.  Ahamiyatlisi,  sohada  ko‘rikdan  o‘tkazishga 
mas’ul  xodimlar  ishi  yanada  engillashadi.  SHuningdek,  kompressor  stansiyalari,  gaz 
taqsimlash  stansiyalari  va  boshqa  ob’ektlarining  texnik  holatlari  ko‘rikdan  o‘tkaziladi, 
noqonuniy ulanishlar aniqlanib, bartaraf etish samaradorligi oshadi.   
5-loyihada gaz  taqsimlash  stansiyalarida  tabiiy  gazni  odarizatsiya  qilishni 
avtomatlashtirish  ko‘zda  tutilgan.  Bu  loyihaning  amalga  oshirilishi  natijasida  tabiiy  gaz 
etarli  miqdorda  belgilangan  me’yor  doirasida  odarizatsiya  qilinadi  va  insonlar  gazning 
sizib  chiqish  holatlarida  qurilma  yordamida  tezda  ogohlantiriladi.  Ma’lumki,  tabiiy  gaz 
aslida  hidsiz  bo‘lib,  undan  foydalanishda  xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadida   belgilangan 
me’yor bo‘yicha 1000 kub.m tabiiy gaz hajmi uchun 16 gr. odarant qo‘shiladi. Tizimning 
avtomatlashtirilishi  —  ish  jarayonlarida  xavfsizlikni  ta’minlab,  import  qilinadigan 
mahsulotning tejashga imkon beradi.  
6-loyiha yuzasidan 
ham 
gaz 
tarmoqlarini 
innovatsion 
loyihalar 
asosida 
modernizatsiya  va  rekonstruksiya  qilish  ishlari  olib  borilmoqda.  Bu  loyiha  ASKUG 
(avtomatlashtirilgan  gaz  nazorati  va  xisobga  olish  tizimi)  tizimining  bir  bo‘lagi  bo‘lib, 
bunda 
gaz 
taqsimoti 
tizimidagi 
jarayonlar 
nazorati 
avtomatlashtirilib, 
aholi 
xonadonlaridagi  tabiiy  gaz  bosimi  bo‘yicha  yuzaga  keladigan  mummolarga  barham 
beriladi.  Ushbu  innovatsion  loyiha  Qibray  tumanidagi  “Usmon  YUsupov”,  YUqori 
CHirchiq  tumanidagi  “SHijoat”,  Samarqand  shahridagi  “Ahillik”,  Jizzax  shahrining 
“Ravalliq” va “Uchariq” mahallalarida amalga oshirilmoqda. Misol uchun: Qibray tumani 
Usmon  YUsupov   mahallasida  1.Iste’molchilarni  tabiiy  gaz  bilan  ta’minlovchi  o‘rta 
bosimli  6  ta  gaz  taqsimlash  punktlari  olib  tashlanib,  faqat  1  ta  yuqori  bosimli  gaz 
taqsimlash 
punkti 
qoldirildi. 
2. 
YUqori 
bosimli 
gaz 
taqsimlash 
punktiga 


225 
 
avtomatlashtirilgan 
dispetcherlik 
nazorat 
tizimi 
o‘rnatilib,  “Qibraytumangaz”  
dispetcherlik  xizmatiga  mahallaga  kirayotgan  tabiiy  gaz  bosimi,  harorati  to‘g‘risida  on-
layn rejimida ma’lumot berib borilmoqda. SHuningdek, gaz taqsimlash punkti faoliyatiga 
tashqi  aralashuvi  bo‘lganda,  dispetcherlik  xizmatiga  xabar  beriladi.  3.  Gaz  taqsimlash 
punktiga  zamonaviy  elektron  sanoat  gaz  hisoblagichi  o‘rnatilib,  mahallaga  kirib 
kelayotgan  tabiiy  gaz  hajmi  haqida  dispetcherlik  xizmatiga  on-layn  rejimida  ma’lumot 
berib  borilmoqda. 4.  Mahalladagi  200  ta  aholi  xonadonlariga  zamonaviy  elektron  gaz 
hisoblagichlari  o‘rnatilib,  tabiiy  gaz  hisobi  va  nazoratining  avtomatlashtirilgan  tizimiga 
ulanadi. SHuningdek, har bir xonadonga maishiy gaz sozlash regulyatorlari o‘rnatilib, har 
bir  xonadonning  kirish  gaz  quvurlariga   1000  m.suv  ust.  (hozirda  100-120  mm.suv 
ust.)gacha tabiiy gaz bosimi etkazib berilib, xonadonlar gaz bosimi bo‘yicha mummolarga 
to‘liq  barham  beriladi.  Bunda  elektron  gaz  hisoblagichlar  on-layn  rejimida  iste’mol 
qilinayotgan  gaz  hajmi  bo‘yicha  “Billingaz”  dasturiga  ma’lumotlar  kiritib  boradi. 
SHuningdek,  gaz  hisoblagichlarga  maxsus  klapanlar  o‘rnatilgan  bo‘lib,  bu  klapan 
masofadan  turib  qarzdorligi  mavjud  xonadonlarni  gaz  ta’minotida  uzib  qo‘yish 
imkoniyatiga  ega.  Barcha  ishlar  nazoratini  real  vaqt  sharoitlarida  nazorat  qilish  uchun 
“Qibraytumangaz”  dispetcherlik  xizmatiga  ko‘rgazmali  monitor  o‘rnatiladi  va  4ta 
bo‘limga  ajratiladi. 1-bo‘limda gaz  taqsimlash  stansiyasi  (GRS-  gazoraspredelitelnaya 
stansiya)dan tumanga kirib kelayotgan tabiiy gaz ko‘rsatgichlari on-layn rejimida nazorat 
qilinadi. 2-bo‘limda yuqori bosimli gaz taqsimlash punktidan (GRP –gazoraspredelitelnыy 
punkt)  mahallaga  kirib  kelayotgan  tabiiy  gaz  ko‘rsatgichlari  on-layn  rejimida  nazorat 
qilinadi.  3-bo‘limda “Qibraytumangaz”  idorasi  avtomashinalari  GPRS  angl.  General 
Packet  Radio  Service  —  «umumiy  paketli  radioaloqa»)   tizimi  orqali  nazorat  qilinadi. 4-
bo‘limda iste’molchilarning tabiiy gaz iste’moli hajmi on-layn rejimida nazorat qilinadi va 
qarzdorligi  mavjud  xonadonlar  masofadan  turib  tarmoqdan  o‘chiriladi  hamda  to‘lovlarni 
amalga oshirgan iste’molchilar tarmoqqa qayta ulanadi.  
Ettinchi loyiha suyultirilgan gaz ta’minotida yangi innovatsion to‘lov tartibini joriy 
etishdan  iborat.  Hozir  respublikamizda  jami  3,1  mln  aholi  iste’molchilariga  suyultirilgan 
gaz  etkazib  berilmoqda.  Ayrim  hollarda  aholining  haqli  e’tirozlariga  sabab  bo‘layotgan 
muammolarni  bartaraf  etish  maqsadida  aholiga  suyultirilgan  gaz  etkazib  berishni 
avtomatlashtirilgan  tizimi  joriy  etilmoqda.  Bunda  har  bir  iste’molchi  hisob-kitob  uchun 
individual  elektron  karta  bilan  ta’minlanib  maxsus  dasturga  ulanadi.  Bu  —  iste’molchiga 
etkazib  berilgan  suyultirilgan  gaz  hajmi,  muddati  va  hisobini  masofadan  turib,  ko‘rish 
imkonini  beradi,  gaz  etkazilishida  doimiy  nazoratni  ta’minlaydi.  Sayxunobod  tumanida 
tajriba sifatida 2018  yil  yakunigacha amalga  oshirilishi belgilangan  bu loyiha natijalariga 
ko‘ra, kelgusida Respublika bo‘ylab joriy etilishi ko‘zda tutilgan. 
 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish