Balans foydasi
- korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan
olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik
- kasodga uchrash, korxonaning o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni
mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha.
Bashorat qilish
- kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli hodisa va jarayonlarni
statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va b. turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan holda
avvaldan aytib berish, prognozlash.
Biznes
– faoliyat turi, ish, tijorat amaliyoti yoki korxonaning siyosati, savdo, tijorat.
Biznes-reja
– korxonaning biznes faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va daromadlar
hisobini o‘z ichiga oluvchi, korxona faoliyatining muayyan maqsadlariga erishish uchun
marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladigan muayyan chora-tadbirlar rejasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |