Direktiva –
yuqori tashkilotning unga bo‗ysunuvchi tashkilotlarga
beradigan ko‗rsatmasi, bajarilishi lozim bo‗lgan hujjat.
Militarizm –
jamiyatda harbiylar qatlami va harbiy ruhning
ustuvorligiga, harbiy kuchga tayanuvchi siyosiy tizim. Bu tizimda davlat
xarajatlarining katta qismi harbiy maqsadlarga yo‗naltiriladi.
Texnopolis –
texnologik yangiliklarni samarali qo‗llash maqsadida
tashkil qilingan erkin iqtisodiy hudud. Faoliyatining asosini ilmiy tadqiqotlar
tashkil qiladi.
Investitsiya –
iqtisodiyotning biron-bir sohasiga uzoq muddatli
kapital kiritish.
Dizayn –
loyihalash, chizish, o‗ylab topish. Dizayn – bu loyihalash
tafakkuri va ijodning uyg‗unligiga asoslangan faoliyat turi.
Nou-xau –
biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur
bo‗lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyi. Bu atama hujjatlar
almashinuvi, ishchilarni o‗qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‗zda tutilgan xalqaro
kelishuv va shartnomalarda qo‗llaniladi.
365
Do'stlaringiz bilan baham: |