To‗rtinchi respublika.
1946-yili Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
Bu Yevropadagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‗ldi. Boshqa G‗arb
davlatlari singari Fransiya ham «Marshall rejasi»ga qo‗shildi. Xo‗jalik katta tezlik
bilan tiklandi. 1950-yillari iqtisodiy o‗sish boshlandi. To‗rtinchi respublika yillarida
sanoatning zamonaviy sohalari paydo bo‗ldi. Ammo ichki siyosiy va iqtisodiy
rivojlanishning murakkabligi siyosiy va ijtimoiy holatning keskinlashuviga olib keldi.
1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi. Hokimiyatga kelgan Sharl
de Goll Milliy majlisni tarqatib yubordi. To‗rtinchi respublika barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |