«Iliqlik» davri.
1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Stalinning o‗limidan so‗ng
hokimiyat uchun kurashda Nikita Xrushchyov g‗olib chiqdi.
N. Xrushchyov hokimiyatda turgan yillar (1953 — 1964) tarixda «iliqlik» davri
degan nom olgan. Bu davrda sovet totalitar tuzumini isloh qilish bo‗yicha bir qator
ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiy sohada sovet davlati tarixida birinchi marta yengil
sanoatning, xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarishning ustuvorligi belgilandi. Xalq
iste‘mol buyumlari ishlab chiqarish ko‗paydi, uy-joylar quri- lishi jadallashdi,
maoshlar oshirildi. Oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun qishloq xo‗jaligi solig‗ini
pasaytirish, boqimanda qarzlardan voz kechish, kolxozchilarning tomorqalarini
kengaytirish, qishloq xo‗jalik mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va kolxoz bozori
im- koniyatlarini oshirish, shuningdek, qishloqqa texnika yetkazib berish uchun kapital
mablag‗larni ko‗paytirish ko‗zda tutildi. Qozog‗iston, Sibir va Volga bo‗yidagi qo‗riq
va bo‗z yerlarni o‗zlashtirish g‗alla yetishtirishni tez ko‗paytirishning muhim omili
sifatida qaraldi. Natijada 1950-yillarning ikkinchi yarmida qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‗sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan
ko‗proqqa oshdi.
Jamiyatni siyosiy liberallashtirish ham boshlandi. 1956-yil fevralda KPSS XX
syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‗inish va uning oqibatlari to‗g‗risida» nutq bilan
chiqdi. Bu nutq o‗zining barcha kamchiliklariga qaramasdan, sovet totalitar
davlatining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlarni ochib
354
tashladi, shaxsga sig‗inishning mohiyati va ko‗lamini anglash jarayonini boshlab berdi.
Jamiyatda o‗ta ochiq bo‗lmasada, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina
boshlandi. Stalin davrida qatag‗on qilinganlarni oqlash jarayoni ommaviy tus oldi.
Ayni paytda, XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va
sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.
Shu tariqa, 1950-yillar o‗rtalariga kelib mamlakatda mavjud totalitar tuzum bir
qadar liberallashtirildi. Ammo bu harakatlar o‗tish davriga xos xarakterga ega edi.
1958-yil martda N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR
Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‗shib oldi. Shu tariqa N. Xrushchyov
mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi. I. Stalin o‗limidan so‗ng boshlangan
mamlakat hayotini de- mokratizatsiyalash jarayoni ham vaqtincha to‗xtatildi.
1950-yillar oxiridan qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‗sish
sur‘atlari ancha susaydi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulot- larining taqchilligi yuzaga
kelib, SSSR borgan sari chetdan ko‗proq g‗alla sotib olishga majbur bo‗ldi. Qishloq
aholisi, birinchi navbatda yoshlarning shaharlarga ko‗chib ketishi kuchaydi. Global
inqiroz yo‗lida: SSSR 1964—1985-yillarda. Mamlakatdagi ahvol N. Xrushchyovning
mavqeyini tushirdi. 1964-yili oktabrda bo‗lib o‗tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator
xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. N. Xrushchyov o‗rniga
KPSS MK Birinchi kotibi qilib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib
Aleksey Kosigin saylandi.
L. Brejnev hokimiyatda turgan yillar (1964 — 1982)ning dastlabki o‗n yili
iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va jadal rivojlanish yillari bo‗ldi. Ammo 1970-
yillarning ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida
«turg‗unlik» davri nomini olgan.
N. Xrushchyovdan farqli ravishda L. Brejnev o‗z hokimiyatidan juda ehtiyotkorlik
bilan foydalandi. U murakkab muammga duch kelganda yaxshisi hech narsa
qilmaslikni ma‘qul ko‗rardi. Unda boshqalarning xushomadiga, turli xil unvonlar va
ordenlarni yig‗ishga moyillik kuchli edi. Uni maqtash, ulug‗lash jarayoni 1970-
yillardan boshlandi va keyingi yillari borgan sari kulgili tus olib bordi. Ayniqsa, uning
tushunib bo‗lmaydigan nutqlari aholining keng qatlami orasi- da kulgi aralash nafrat,
buyuk mamlakat uchun achinish va uyat hissini uyg‗otdi.
1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. N.S.
Xrushchyovning 1980-yillarda kommunizm qurish to‗g‗risidagi rejasi barbod bo‗lgan,
odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‗ygan edi. Shunday holatda
1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga kelgan Yuriy
Andropov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand kishilar bo‗lib, ularning
hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet tuzumining ramzi edi.
Qayta qurish. 1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gor- bachyovni Bosh
kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet
jamiyatining maqsadi deb e‘lon qilindi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, mashinasozlikni
texnik qayta qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya‘ni mehnat intizomini va
ishchilarning tashabbuskorligini oshirish bu kursning asosiy harakatga keltiruvchi
kuchi sifatida qaraldi.
1987-yili M. Gorbachyov e‘lon qil- gan «qayta qurish», ijtimoiy hayotni
demokratizatsiyalash va «oshkoralik» siyosati ommaning siyosiy faolli- gini keskin
oshirdi. Oshkoralik tufayli o‗zgarishlarning muhim omiliga, g‗oyalar va orzularning
355
ifodachisiga aylangan matbuot jamiyatning ma‘naviy ozod bo‗lishida, o‗tmishni va
yuz berayotgan hodisalarni anglashida juda katta rol o‗ynadi. Ayni paytda, bu
hodisalar sovet xalqlarining milliy o‗zlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish
jarayonini jadallashtirdi, SSSRning tarqalib ketishini tezlashtirdi.
Tashqi siyosat. Ikkinchi jahon urushidagi g‗alaba SSSRga juda katta xalqaro obro‗
keltirdi. SSSR boshchiligida sotsialistik tizim vujudga keldi. Bu davrdagi sovet tashqi
siyosatining asosini AQSH bilan dunyoda gegemonlik uchun kurash tashkil qildi.
1959-yili inqilob natijasida Kubada hokimiyatga kelgan F. Kastro rejimiga qarshi
AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat va bunga SSSRning aralashuvi ikki buyuk
davlatlar o‗rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi. Bu xavf «Karib inqirozi»
nomini oldi va faqat AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov
o‗rtasidagi kelishuv dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi.
«Iliqlik» davrida kapitalistik mamlakatlar bilan tinch-totuv yashash tamoyili ilgari
surilib, bu SSSR bilan kapitalistik mamlakatlar, avvalo, AQSH o‗rtasida
munosabatlarning ham iliqlashuviga olib keldi.
«Turg‗unlik» davrida ham kapitalistik mamlakatlar bilan tinch musobaqa davom
ettirilib, bu jarayon 1979-yili Afg‗onistonga sovet qo‗shinlari kiritilgunga qadar
davom etdi.
«Qayta qurish» davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur»
tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin
ijobiy o‗zgarishlarga olib keldi.
Avgust inqirozi. SSSRning tarqalishi. 1991-yil 19-avgustga o‗tar kechasi
Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to‗g‗risida e‘lon qilinib, unga
SSSRning vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. GKCHP
mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e‘lon qildi, 1977-yilgi
konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib
yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‗xtatildi, ommaviy axborot
vositalari ustidan qat‘iy nazorat o‗rnatildi, Moskvaga qo‗shin kiritildi.
GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik qildi. Ular 19-avgust
kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakatlari g‗ayrikonstitutsion
to‗ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb e‘lon qilindi. 19-avgust kuni minglab
moskvaliklar Rossiya Oliy Soveti binosini himoya qilishga kirishdi. Tanklarda
kelayotgan qo‗shinni to‗xtatishga harakat qilgan bir necha yoshlar halok bo‗ldi.
Avgust davlat to‗ntarishidan keyin barcha respublikalar birin-ketin o‗z
mustaqilligini e‘lon qildi. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina,
Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‗stligi (MDH) tuzilganligini e‘lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va
Estoniyadan boshqa barcha sobiq sovet respublikalari a‘zo bo‗ldi. Shu tariqa SSSR
tarqalib ketdi.
356
Do'stlaringiz bilan baham: |