Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


«Sovuq  urush»ning  boshlanishi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

«Sovuq  urush»ning  boshlanishi.
  Dunyoni  hududiy  qayta  bo‗lish  uchun  olib 
borilgan ikkita jahon urushlaridan so‗ng dunyodagi kuchlar nisbatida katta o‗zgarishlar 
yuz  berdi.  G‗arbning  liberal-demokratik  davlatlari  bilan  SSSR  o‗rtasida  ziddiyatlar 
kuchayib bordi. Urushdan so‗ng AQSH sovet — Amerika munosabatlari tarixida birin-
chi  marta  SSSRga  qarshi  yadro  qurolini  qo‗llashi  mumkinligi  bilan  tahdid  qildi. 
Iste‘foda  bo‗lsa-da,  urush  yillari  katta  obro‗  orttirgan  U.  Cherchill  1946-yil  martda 
AQSHning  Fulton  shahrida  Vestminster  kolleji  tinglovchilari  oldida  so‗zga  chiqib, 
AQSHga  «tinchliksevar  xalqlarning  sovet  tajovuziga»  qarshi  kurashiga  boshchilik 
qilishni  taklif  qildi. U.  Cherchill  ushbu  nutqida  qo‗llagan  «temir  parda»  iborasi  uzoq 
vaqt G‗arb bilan Sharq o‗rtasidagi ramziy chegara bo‗lib qoldi. 
1947-yil iyun oyida AQSH davlat kotibi J. Marshall Yevropa mamlakatlariga urush 
oqibatlarini  bartaraf  qilishda  yordam  ko‗rsa-  tish  g‗oyasini  ilgari  surdi.  Sovet 
diplomatiyasi  «Marshall  rejasi»ni  rad  etdi.  Sovetlar  «Marshall  rejasi»ni  SSSRning 
Sharqiy  Yevropadagi  ta‘siriga  navbatdagi  xavf,  Amerika  kapitalining  Yevropani 
egallash  uchun  urinishi,  deb  baholadi.  Voqealarning  keyingi  rivoji  bu  baho  uncha 
to‗g‗ri  emasligini  ko‗rsatdi.  Yevropaning  ikki  guruhga,  bir  tomondan,  «Marshall 
rejasi»ni qabul qilgan va AQSH bilan yaqinlashuv yo‗lini tanlagan davlatlar, ikkinchi 
tomondan,  taraqqiyotning  sotsialistik  yo‗lini  va  SSSR  bilan  hamkorlikni  tanlagan 
davlat-  larga  bo‗linishi  ancha  uzoq  davom  etgan  qarama-qarshilikni  boshlab  berdi. 
Yevropa  qit‘asida,  keyin  esa  butun dunyo  miqyosida bir-biriga  qarama-qarshi turgan 
harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlar tizimi shakllandi. Dunyoning eng katta davlatlari 
— AQSH va SSSR bu ittifoqlarning markazlariga aylandi. 
1949-yil  yanvarda  SSSR  va  Sharqiy  Yevropaning  ko‗pchilik  dav-  latlari  iqtisodiy 
ittifoq — O‗zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‗IYK) tuzilganligini e‘lon qildilar. O‗z 
navbatida G‗arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti 
(NATO)  deb  ataluvchi  harbiy-siyosiy  tashkilotni  tuzdilar.  NATOga  javob  tariqasida 
1955-yili SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi — Varshava 
Shartnomasi Tashkiloti tuzildi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish