Ikkinchi jahon urushining oqibatlari.
Ikkinchi jahon urushi qa- riyb olti yil
davom etdi va insoniyatga juda katta kulfatlar keltirdi. 110 mln. kishi urushga safarbar
qilindi. 60 — 65 mln. kishi halok bo‗ldi, ular orasida harbiy xizmatchilar bilan birga
millionlab tinch aholi ham bor edi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi.
Antifashist koalitsiya davlatlari
urushdan keyingi dunyo tuzilishi tamoyillari to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT) Ustavida bayon qildilar. BMT Ustavi ko‗plab xalqlar
kurashining mazmuniga aylangan va Yer yuzidagi barcha xalqlarning tinchlik va
tenglikda yashash tamoyillari bo‗lgan umuminsoniy qadriyatlarni e‘lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |