451
Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganllgi. O'zbekistonda ham xuddi butun
Ittifoqda bo'lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman, shahar, viloyat Sovetlari hamda
respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan hal
qila olmas edi. Xo'jalik rahbarlari o'z muammolari bilan Sovetlaming ijroiya komitetlarini chetlab
o'tib partiya organlariga murojaat qilar edi. Aholining ijtimoiy-maishiy masalarga doir shikoyat va
takliflari ham partiya komiteilari tomonidan ko'rib chiqilardi.
Partiya organlari komsomol va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof ravishda
tazyiq o'tkazib kelgan. O'z navbatida komsomol va boshqa tashkilotiar partiya idoralarining
ko'rsatmalarini bajarishga majbur bo'lganlar. Buyruqlami bajarmagan rahbarlar o'z lavozimlaridan
ozod etilgan.
Sovet hokimiyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya organlari bilan kelishib
tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo'lgan. Bu qoidaga ko'ra. mas‘ul
lavozimlarga faqat partiya a‘zolari. ya‘ni kommunistlar tayinlangan. Shu bilan birga turli darajadagi
Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari kommunistik partiya rahbariyati (Markaziy
Komitet, viloyat. shahar \va tuman partiya komitetlari) tarkibiga kiritilgan. Shu tariqa partiya
organlari bu tashkilotlar bilan qo'shilib. ulami o'ziga bo'ysundirib olgan.
O'zbekiston qazilma boyliklarining Markaz manfaatlariga xizmat qildirilishi. O'zbekiston
mineral xomashyo turlariga nihoyatda boy hudud hisoblangan. Respublikada ko'pgina foydali
qazilmalar: oltin. uran, mis, qo'rg'oshin. rux, volfram, tabiiy gaz, neft. toshko'mir va boshqa konlar
topilib. ishga tushirildi. Alsuski. bu konlarda qazib olingan foydali qazilmalar. xususan, oltin va uran,
tabiiy gaz Markaz manfaatlariga xizmat qildi. Bu boyliklardan ulaming haqiqiy sohibi bo'lgan o'zbek
xalqi deyarli foydalanmadi.
Bu talonchilik mexanizmi iqtisodiyotni tag-tugi bilan quritib, o'zbek xalqi manfaatlariga
mutlaqo zid bo'lgan. Oltin, uran, nodir rangli metallar, tabiiy gaz va boshqa strategik xomashyo
favqulodda maxfiylik niqobi ostida O‘zbekistondan tashqariga amalda tekinga olib ketilardi.
Tabiiy gaz konlarining ochilishi.O'zbekistonning tabiiy gaz mavjud bo'lgan tumanlarida faol
geologik-qidiruv ishlari olib borishga XX asr 50-yillari
boshlaridayoq
Buxorodagi
Gazli
shaharchasi qurilgan edi. O'sha davrda Jarqo'rg'on, Qorovulbozor, Sariqtosh tabiiy gaz konlari
ochilgan. Buxoro-Xiva geologik mintaqalarida Gazli va Jarqoq , Shimoliy va Janubiy Muborak,
Uchqir, O'rtabuloq va Kultak kabi yirik tabiiy gaz konlarining, shuningdek, Hisor tog'larining janubi-
g'arbiy tumanlarida Odamtosb kondensat koni, Ustyurtda istiqbolli gaz qatlamlarining topilishi
ahvolni keskin o'zgartirib, O'zbekistonni jahondagi eng yirik gaz zaxiralari mavjud mintaqalaridan
biriga aylantirdi.
1956-yili Buxoro viloyatida dunyoda eng yirik va ulkan Gazli nefi-gaz konining topilishi
O'zbekistonda tabiiy gaz qazib chiqarishning tez sur'atlarda rivojlanishiga asos bo‗ldi. Jahondagi eng
yirik gaz konlaridan biri hisoblangan bu konning umumiy zaxirasi 500 mlrd m
3
gaz bo'lgan. Bu yerda
―zangori olov‖ bunyodkorlari gazchilar yashaydigan Gazll shahrlga zudlik bilan asos soliudi. Tabiiy
gaz qazib olish sur'atlari misli ko'rilmagau darajada oshirildi.
1960- yilda 0.4 mlrd m
3
tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa. 1975-yilga kelib bu ko'rsatkich
33.7 mlrd m
3
ga yetdi. Ittifoq hukumatinmg O'zbekistonda gaz ishlab chiqarishni oshirishdan maqsadi
uni RSFSRning sanoat markazlariga ko'proq tashib ketish edi.
Butunittifoq gaz qazib chiqarishda O'zbekistonning ulushi 1960-yildagi 1 foizdan 1975-yilda
20 foizga ko'tarildi. Bu nisbat keyinchalik ham doim ko'payib bordi.
Biroq O'zSSRda uy-joy fondini gazlashtirish salmog'i nihoyatda past edi, bu hol ayniqsa
respublikaning aksariyat aholisi yashaydigan qishloq joylarida yaqqol ko'zga tashlangan. Hatto Sovet
Ittifoqining yevropa qismiga va sotsialistik mamlakatlarga gaz yetkazib beradigan Buxoro
viloyatining o‘zida ham ahvol nihoyatda achinarli bo'lgan. O'zbekiston gazi asosan respublikadan
tashqariga jo'natilardi.
Qizilqumda oltin va uran konlarini o‘zlashtirish. XX asr 50-60-yillarida O'zbekistonda oltin
ishlab chiqarish sanoati ancha rivojlandi. Oltin va uran ajratib oluvchi komplekslar. fabrikalar, oltin
ruda kombinatlari. shuningdek. mis rudasini qayta ishlovchi kombinatlar ishga tushirildi.
Bepoyon Qizilqum sahrosi markaziy tumanlarining sanoat jihatidan o'zlashtirilishi oltin va
uran qazib olish sanoatining paydo bo'lishini taqozo etdi. 1958-yil 3-sentyabrda Navoiy kon-
metallurgiya kombinatiga poydevor qo'yilishi bilan Navoiy shahriga asos soliudi. Kombinat
O'zbekistonning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy,
452
Sovetobod (hozirgi Nurobod), Zarafshon. Uchquduq shaharlari. Muruntov, Krasnogorsk. Zafarobod,
Shalqar shaharchalariga asos solgan. Dunyoda eng yirik Muruntov oltin koni 1961-yili ishga
tushirilib. dastlabki sof quyma oltin (999.9 probali) 1963-yil tayyorlangan.
O'zSSR oltin va uran qa/ib olishda dunyoning yetakchi o'rinlaridan birini egnlladi. XX asr 70-
80-yillarida respublikada har yili taxminan 50 tonna atrofida sof oltin quymasi tayyorlangan. O'zSSR
oltin yetkazib berish bo'yicha mamlakat oltinining yarmidan ko'pini bergan. Eng so'nggi
tadqiqotlaming ko'rsatishicba. bu davrda har yili O'zbekistonda yer osti konlaridan taxminan 5.5 mlrd
dollar bahosida foydali qazilmalar olingan. Bu paytda oltin zaxiralari bo'yicba yurtimiz dunyoda
yettinchi o'rinni egallagan.
Yangi sanoat shaharlariga asos solinishi hainda dcinografik jarayon- lardagl o‘zgarishlar.
O'zbekistonda zamonaviy kon-metallurgiya sanoatiga asos solinisbi uning industrial qiyofasini
o'zgartirib yubordi. Ko'plab yangi shaharlar va posyolkalar (shaharchalar) qurildi. Ayniqsa, ittifoqqa
bo'ysunuvchi va "yopiq shaharlar" deb ataluvcln Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi shaharlarga
boshqa mintaqalardan ishchi kuchi jadallik bilan olib kelindi. Yopiq shaharlar mahalliy hokimiyatga
bo'ysunmagan. Bu joylarda maxfiy korxonalar joylashgan bo'lib. ular faqat Markazga hisob berardi.
Ishlab chiqarishda band bo'lgan butun aholi odatda kelgindilardan tashkil topib. mahalliy aholi yopiq
shaharlardan turli bahonalar bilan eluqarib yuborilgan.
Ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilishini yopiq shaharlar misolida yaqqol ko'rish mumkin.
Bu yerga Markazdan ko'chirib keltirilgan kadrlar navbatsiz uy-joy va turli imtiyozlar bilan
ta‘minlangan. Holbuki, qishloqlardan kelgan o'zbek yigit-qizlari uy-joyga ega bo'Iish uchun eng qora
ishlarni bajarishga majbur bo'lishar va ko'p yillar mobaynida uy-joy olish uchun navbatda turi-
shardi.
Shuningdek, mahalliy yoshlar doimo kamsitilgan.
O'zbekistonda asrlar mobaynida shakllangan va mintaqaning tub ycrli xalqlari vakillaridan
iborat bo'lgan aholining ko'p millatli tarkibi sovet hokimiyati yillarida, xususan. XX asr 60 80-
yillarida yevropalik turli xalqlar va boshqalar hisobiga yanada kengayib bordi. Bu paytda
O'zbekistonda 127 ta millat va elatlar yasbagan. Bu yerda mahalliy aholidan tashqari turli mintaqa-
lardan ko'chib kelgan ruslar, tatarlar. ukrainlar, koreyslar va boshqa xalqlar yashardi. Yirik sanoat
korxonalarida ishlovchi o'zbeklar soni bu paytda nihoyatda kamayib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: