milliy valyuta tizimlarini etakchi mamlakatlar valyuta tizimiga moslashtirishga
asoslangan jahon valyuta tizimidir. Mazkur jahon valyuta tizimi 1944 yil 22 iyulda
tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlarni tashkil etish qarori qabul qilindi.
Bretton-Vuds tizimi – savdo xisob-kitoblari va pul munosabatlarini tashkil
etishning xalqaro tizimidir. Bu oltin deviz andozasidan erkin savdo orqali
valyutalarning talab va taklifi muvozanatini o’rnatuvchi Yamayka tizimiga o’tish
bosqichi bo’ldi. Bretton-Vuds tizimida oltin bilan bir qatorda AQSh dollariga jahon
puli funktsiyasi berildi.Bretton-Vuds tizimini tashkil etishdan maqsad:
xalqaro savdo hajmini
qayta tiklash va oshirish
;
tashqi savdo balansidagi vaqtinchalik qiyinchiliklarga barham berish uchun
davlatlarga moliyaviy resurslar ajratish;
barqaror almashuv kurslariga ega bo’lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil
etish;
qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning
konvertirlanishiga erishish.
Bretton-Vuds tizimining oqibati: mamlakatlar iqtisodiyotining dollarlashuvi,
ushbu holat pul massasini milliy nazorat ostidan chiqib ketishiga olib keldi.
AQSh dollari uchun 1 troya untsiya 35 dollar nisbatda oltin standarti o’rnatildi.
Natijada AQSh zaiflashgan raqobatchisi Buyuk Britaniyani ortda qoldirgan holda
valyuta ustunligini oldi. Amalda xalqaro valyuta tizimining dollar ustunligiga
asoslangan dollar standarti yuzaga keldi.XX asrning o’rtalarida jami dunyo oltin
zahirasining 70% AQShga tegishli bo’ldi. Dollar – oltinga almashinuvchi
valyuta
zahira aktivlari
, valyuta interventsiyalari va xalqaro xisob-kitoblarda ustunlik
qiladigan vosita hamda valyuta paritetlarida asos bo’ldi. Bir vaqtning o’zida
AQShning milliy valyutasi jahon puli sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlar o’zlarining valyuta kurslarini dollarga
yoki oltinga nisbatan belgiladilar, o’z navbatida dollar oltinga bog’langan edi.
Shuning uchun oltinning dollardagi bahosi barcha narx xisob-kitoblari uchun asos
bo’ldi. Barcha jahon narxlari dollarda belgilana boshladi. Xalqaro to’lov vositalari
asosiy zahira valyutasi sifatida AQSh dollari va oltindan tashkil topgan bo’lishi
kerak edi. Markaziy banklar o’zlaridagi dollarni AQSh g’aznachiligidan qa’tiy
belgilangan kurs bo’yicha oltinga almashtirishlari mumkin edi.
1991 yildan Evropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy
ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi
ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona evropa
valyutasini joriy etishga mo’ljallangan islohotlar amalga oshirildi. Evropa valyuta
tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va
Belgiya tayyor bo’lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past
salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o’rin
egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk
Britaniyaning qo’shilishi dolzarb masala bo’ldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish bo’yicha reja
ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-
Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Evropa Markaziy bankiga quyidagi funktsiyalar
biriktirildi:
valyuta operatsiyalarini
samarali tashkil etish
;
evrohududga a’zo bo’lgan davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini
saqlash;
to’lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;
evrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.
Evrokengash “evro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash
mezonlari sifatida quyidagilar o’rnatildi:
Inflyatsiya sur’ati Evropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror
mamlakatlarning o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktiga
oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak.
Davlat qarzi YaIMning 60%dan oshmasligi lozim;
Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Evropa valyuta
tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo’lishi
lozim.
Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Evro hudud”ga kirgan
mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari evroga nisbatan qa’tiy
belgilandi, evro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida
kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli
nominatsiyalarda evro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular
a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada bo’ldi hamda
asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo’ldi.
To’rtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy
valyutalari
butunlay
o’zlarining
pul
funktsiyasini
yo’qotdi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga
nisbatan evrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda
raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Evropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi
engillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq
xarajatlarni kamaytirdi.