To‘rtinchi guruh maqsadlar
- bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi
maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib
boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish”. Korxona
umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir hodim maqsadining qanchalik to‘g‘ri
aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli har bir xodim
oldiga qo‘yladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi.
• Xodim maqsadi yuqori bo‘g‘indagi bo‘limlar maqsadiga bo‘ysinishi, unga mos bo‘lishi
kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim xodimlarning maqsadlari yuqori pog‘onadagi (xususiy, lokal,
umumiy) maqsadlar qanoti (kaskadi) ostida bo‘lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |