Rejalashtirishning zarurati
Qayerda, qachon, qanday va kim uchun
mahsulot
ishlab chiqarish va sotishni aniqlash;
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday resurslar
zarurligini aniqlash;
Jalb qilingan resurslardan samarali foydalanishni
ta’minlash
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga
quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar miqdori
va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash;
markazlashgan va markazlashmagan fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib
topish va boshqalar.Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor
munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga
moslab o’zgartirib boradi. Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga
ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat
tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker boshqarishning umumiy funksiyalari ketma
ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikatsiya, motivatsiya kabi elementlarini
keltiradi. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Ekstrapolyatsiya usuli;
2.
Normativ usuli;
3.
Matematik modellashtirish usuli.
Ekstrapolyatsiya usuli
ning mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining moliyaviy
natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko’zda tutadi.
Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga
asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko’rsatkichlar va ularning dinamik o’zgarishlariga
asoslanadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usul
da, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda tutiladi.
Masalan: byudjet muassasalarida 1-sinfda nechta bola o’qishi lozim, sanatoriyada qancha joy
bo’lishi kerak va h.k.
Matematik modellashtirish
usulida real iqtisodi va ijtimoiy jarayonlarni
takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi.Moliyaviy resurslarni manbalarini
ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli
hisoblanadi.Moliyaviy reja va unig turlari. Rejalashtirish miqdoriy va sifat tavsifidagi maqsadlarni
ishlab chiqish va qabul qilish hamda ularga erishishning samarali yo’llarini aniqlash jarayonlarini
o’zida aks ettiradi. «Maqsadlar daraxti» shaklida ishlab chiqilgan maqsadlar boshqarishning
mazkur darajasida muhim hisoblangan ko’rsatkichlar tizimida hisob-kitoblar imkoniyati bo’yicha
tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlarni tahlil qilish
natijalari asosida qabul qilinadi.Makro va mikro darajada moliyaviy rejalashtirishning zarurligini
bir qancha sabablari mavjud bo’lib, bizning fikrimizcha, kelajakdagi faoliyat va natijalarning
mavhumligi, rejaning yo’naltiruvchanlik rolini mavjudligi, iqtisodiy shart sharoitlarning
optimallashtirilishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasidagi hozirgi iqtisodiy vaziyat davlat va
korxonalar moliyasidagi rejalashtirish jarayonlarida ma’lum mukammalashuvlar amalga oshirilish
zaruratini keltirib chiqaradi. Rejalashtirish jarayonida yuqorida keltirilgan har qaysi usullardan
foydalaniladi. Masalan, budjetni rejalashtirish jarayonida bir vaqtning o’zida ekstrapolyatsiya
usulidan ham foydalaniladi va shuningdek byudjet xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda
ularning balansligi ta’minlanishi lozim. Shuning uchun xarajatlar va daromadlarning farqlarini
qoplash maqsadida defitsitni moliyalashtirish manbalari ham rejalashtiriladi.Moliya tizimining
barcha bo’g’inlari o’ziga xos moliyaviy rejaga egadir. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi
korxonalarda moliyaviy reja daromad va xarajatlar balansi shaklida shakllantiriladi. Moliyaviy
reja korxonaning daromad va xarajatlarini bog’lovchi oldindan qo’yilgan moliyaviy maqsadlarga
erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning
moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatiga o’rnatilgan maqsadlarning
muvofiq kelish darajasi o’rnatiladi, o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan faoliyat
ketma ketligi shakllantiriladi.Moliyaviy reja moliya tizimining barcha bo’g’inlariga xosdir.
Chunonchi, davlat moliyasi darajasida davlatning asosiy daromadlari va xarajatlari balansi sifatida
budjet loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Xo’jalik sub’ektlari darajasida daromadlar va xarajatlar balansi shaklida moliyaviy reja
tuziladi. Moliyaviy rejalashtirish asosida strategik va ishlab chiqarish rejalari yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |