Biznes boshqaruv asoslari



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/301
Sana07.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#326471
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   301
Bog'liq
biznes boshqaruv asoslari fani boyicha oquv-uslubiy majmua 2

Rahbar obroʻsiga putur
 ye
tkazuvchn unsurlar
 
T/r 
Salbiy unsurlar 
Izoh 
1. 
Byurokratizm 
Byurokrat:
 
-
 
ishlab chiqilgan qoida, qoʻllanmalar doirasidan chiqmaydi, uni oʻzining 
birdan-bir maqsadi deb biladi; 
-
 
odamlarga toʻralarcha munosabatda boʻladi; 
-
 
qogʻozbozlikni avj oldiradi; 
-
 
boshqarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi; 
-
 
ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan koʻmib tashlaydi; 
-
 
masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan oʻzini chetga oladi. 
 
 
Byurokratizm: 
-
 
jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini boʻgʻadi; 
-
 
oʻz  mezoniga  mos  kadrlarni  atrofiga  toʻplaydi,  aqlli,  qobiliyatli 
kadrlardan qutulishga harakat qiladi. 
2. 
Mahalliychilik 
Bunday “dardga” mubtalo boʻlgan rahbarlar: 
-
 
ishga tor tarmoq, tor funktsional nuqtai nazardan yondoshadilar; 
-
 
ularda siyosiy, maʻnaviy yetuklik yetishmaydi; 
-
 
uzoqni koʻra olmaydilar; 
-
 
boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar; 
-
 
urugʻchilik, tanish-bilishlik, oshna-ogʻaynigarchilikka yoʻl qoʻyadilar. 
3. 
Hadiksirashlik 
Bunday rahbar: 
• uncha murakkab boʻlmagan masalalarni ham  mustaqil hal  eta olmaydi, 
yuqori turuvchi rahbarlik bilan kelishib olishga intiladi; 
• har ishda sustkashlik qiladi; 
• kabinetda oʻralashib, qogʻozbozlik bilan band boʻladi. 
4. 
Balandparvozlik 
Bunday rahbar: 
•  oʻzining  kichkina,  koʻzga  ilgʻamas  muvaffaqiyatini  boʻrttirib 
koʻrsatadi, shov-shuv koʻtarib nogʻora qiladi; 
• yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi; 
•  tilga  tushishni,  matbuotda  yozishlarini,  televizordan  koʻrinishni 
istaydi; 
•  soxta  tashabbuslar  atrofida  shov-shuv  koʻtarishga,  ijodiy  izlanish 
oʻrniga ishni xoʻjakoʻrsinga tashkil etishga intiladi; 
•  ishchanlik  oʻrniga  koʻzboʻyamachilik  va  qoʻshib  yozish  bilan 
shugʻullanadi. 
Bunday  toifadagi  rahbarlar  uchun  kamchilik  va  muammolarni 
xaspoʻshlash,  oʻz  xizmatlarini  boʻrttirib  koʻrsatish  va  oʻz-oʻzini  maqtash 
xarakterlidir. 


5. 
Boshqa salbiy 
qusurlar 
Rahbarlik uslubidagi garchi kam boʻlsa-da, har holda uchrab turadigan 
va  umumiy  ishga  zarar  keltiradigan  boshqa  salbiy  tomonlar  ham  borki, 
bular: 
• xudbinlik; 
• takabburlik; 
• maqtanchoqlik; 
• tamagirlik; 
• yovuzlik, zolimlik; 
• hushomadgoʻylik; 
• dimogʻdorlik; 
• xasislik, gʻarazguylik; 
• ayyorlik; 
• jizzakilik; 
• boqibegʻamlik; 
• badnafslik; 
• subutsizlik; 
• baxillik; 
• mansabparastlik va h.k. 
Bunday  salbiy  qusurlar  mavjudligini  anglasak,  koʻrsak  ham  lekin 
koʻpincha ularni yoʻqotish qiyin kechadi. 
 
 
Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki 
uning ish uslubidagi notoʻgʻrilik aytilsa, tabiiy u norozi boʻladi. 
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham 
oson va silliq oʻtmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabot-
matonat talab qilinadi. 
 
Ha, rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish lozim. Buning uchun boshqarishning 
barcha  unsurlariga  eʻtiborni  kuchaytirish  kerak  boʻladi.  Eng  avvalo,  rahbar  yuqoridagi 
nuqsonlardan holi boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: 
• Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy 
manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga 
putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlariga boʻysunishi lozim. 
•  Ishlab  chiqarishni  faqat  jamoada  obroʻ-eʻtiborga  ega  boʻlgan  rahbargina  yaxshi  boshqara 
oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqesi bilan emas, balki avvalo, 
bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. 
•  Rahbar  vazmin,  har  qanday  vaziyatda  ham  oʻzini  tuta  biladigan,  odobli  va  hushmuomala 
boʻlishi zurur. Oʻz xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgalarini tiya biladigan, 
yurish-turishida boʻysunuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir. 
•  Buyruq  hammaga  ham  yoqavermaydi.  Shu  sababli  boʻysunuvchi  xodimlarga  beriladigan 
farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida 
ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan holi emas. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish