o‘rganish predmeti
– korxonaning tijorat
tashkiloti sifatidagi mohiyati asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lari,
ishchi kuchi, investitsiyalarning o‘zaro bog‘lanishi, o‘zaro harakati va ulardan
foydalanishni yaxshilash yo‘llarini o‘rganadi.
Fanning maqsadi
ta'lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni,
shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o‘rganish
yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari (masalalari) bo‘yicha qaror qabul
qilish ko‘nikmalarini singdirishdadir. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, gap
bo‘lajak mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va
boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va
daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
imkoniyati mavjud bo‘lgan yo‘llarni topish haqida bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |