4.3.Avtomobillarga TXK va Tni boshqarish va tashkil qilishni nazorat tizimi
.
Nazorat bu jarayon bo‟lib, uning yordamida ishlab chiqarish bo‟limi va
bo‟linmalari rahbarlari tomonidan aniqlanadi. Nazorat boshqarishning vazifasidir.
Uning moxiyati xavfli holat paydo bo‟lishi mumkin bo‟lgan oqibatlarni oldindan
aniqlash va yechimlarni topish uchun zarur va yana faoliyatini muvaffaqiyatli
ragbatlantirish uchun ham qo‟llanilishi mumkin. Shu borada texnika nazorati
avtomobillarga TXK va JT jarayonlarining tarkibiy qismidir. Texnika nazorati bu
avtomobillarni TXK shaxobchasida avtomobilni qabul qilishdan boshlab
buyurtmachiga uni topshirguncha TXK va JT bo‟yicha lozim bo‟lgan ishlarning
xajmi bajarilgandan keyin-uning barcha bosqichlarida o‟tkaziladigan nazoratli
operatsiyalarning jamini ifodalaydi. Xozirgi vaqtda avtomobillarga TXK
korxonalarida sifatli nazorat qilish ishlab chiqarish ishlari bijarilganidan sung
amalga oshirilmoqda, ya‟ni faol bo‟lmagan nazorat shakli qo‟llaniladi,
buyurtmachiga topshirilayotganda avtomobillar va agregatlarda nuqsonlar
bo‟lishiga yo‟l quymaslik asosiy maqsaddir. Bunda nazorat operatsiyalarining
bajarishda shaxsning o‟zigagina xos bo‟lgan (sub‟ektiv) va holis (ob‟ektiv) nazorat
usullaridan foydalaniladi. Texnika nazorati texnologik jarayondagi o‟rniga qarab
kirish, operatsiyali va qabul qilishli ko‟rinishlarda bo‟lishi mumkin.
Kirish nazoratining asosiy vazifasi nuqsonlarni, bajarilishi lozim bo‟lgan ishlar
ruyxatini tuzishda va ularning bajarilishining texnologik jihatdan oqilona ketma-
ketligini topishdan iborat. Kirish nazorati avtomobillarni qabul qilish joylarida
tashkil etiladi. Nazorat operatsiyalari usta-nazoratchi (qabul kiluvchi) tomonidan
bajariladi.
Operatsiyali nazoratning asosiy masalalari dastlabki operatsiyalar (ishlar)ning
bajarilishi sifatini tekshirishdan va baholashdan va avtomobillar (agregatlar)ni
navbatdagi ishlar (operatsiyalar)ni bajarish uchun tuzatish imkonini aniqlashdan
iborat.
Nazorat nuqsonining paydo bo‟lishining oldini olish maqsadida o‟tkaziladi. Ushbu
nazoratning turi quyidagi ishlar sifatini tekshirishni nazarda tutiladi: tunukachi-
payvandlash ishlari va buyash oldidan bajariladigan tayyorlov ishlari; dvigatelь
blokiga tirsakli valni urnatishdan oldin uni shlifovka qilish; orqa ko‟prik,
amartizator, gaz taqsimlash mexanizmi va boshqalarni ta‟mirlashda. Operatsiya
nazorat avtomobillarini texnika xizmati ko‟rsatish va joriy ta‟mirlash
korxonalarining ishlab chiqarish kisimlari va tsexlarida tashkil etiladi. Katta va
36
yirik avtomobillarga TXK korxonalarida uni texnik nazorat bo‟limi (TNB) ustasi
bajaradi.
Qabul qilish nazoratining asosiy masalasi bajarilgan ishlarning sifatini va xajmini
aniqlashdir. Ishlab chiqarish qismlarida qabul qilish nazorati bir qismda bajarilgan
ishlar sifatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Nazorat ishlab chiqarish qismlarida va
avtomobilni egasiga topshirish joylarida tashkil etiladi. Shu bilan birga nazorat
jarayonida tekshiriladi: amalda bajarilgan ishlar buyurtma-naryadda qayd
qilinganlariga mos kelishi; avtomobilning harakat xavfsizligini ta‟minlovchi
tugunlar, agregatlar va tizimlarning holati; amalda bajarilagn ishlarga to‟g‟ri xaq
tulanishi va har xil ish turiga kafolat muddati. TNB avtomobillarga TXK korxonasi
rahbariga to‟g‟ridan-to‟g‟ri bo‟ysunadi.
TNB ning bajariladigan ish sifatlari, avtomobillarga TXK va JT da texnologik
tartibga rioya qilish bo‟yicha ko‟rsatmalar avtomabillarga TXK korxonasining
barcha hodimlari uchun majburiydir va so‟zsiz bajarilishi lozim. Ishlarni sifatsiz
bajarilishini hisobga olibgina qolmasdan majmui baholay oladigan, avtomobillarga
Do'stlaringiz bilan baham: |