3.2.Ishlab chiqarish tarkiblarining namunaviy variantlari.
Boshqarish tizimining jarayonlari quyidagilardan iborat.
1.Boshqarish mexanizmi-maqsadlar, vazifalar, (funktsiya) nazariyalar,
tamoyillar, andozalar, usullar
2.Boshqarishning tuzilishi (statik holatda boshqarish tizimi)-boshqarish organi
yoki apparati, hodimlarni boshqarish, texnika.
3.Boshqarish jarayonlari (harakatdagi, ishlab turgandagi boshqarish tizimi).
4.Boshqarish tizimini takomillashtirish (ishlab turgan tizimning davomi va
harakatdagisining alohida bosqichi).
Agar mexanizm boshqarish tizimining asosi deb tavsiflansa, tuzilishi-bu
tizimning unsurlar tarkibi va ular o‟rtasidagi munosabatdir, boshqarish
jarayoning o‟zi bu tizimning muayyan xayotini tavsiflaydi. Har qanday
muayyan ishlab turgan, boshqarish jarayoni tula va keng boshqarish tizimini
ifodalaydi. SHu bilan bir vaqtda bu tahil qilish uchun boshqarish tizimining
o‟ta murakkab kismidir.
Boshqarish jarayonlarida andozalash o‟ta keng qo‟llaniladi. SHular
qatori eksperiment usuli ham qo‟llaniladi.
O‟zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy isloxatlar jaxon iqtisodiyoti
bilan integratsiya qilishga imkon beradi va u o‟zining munosib o‟rnini
egallash uchun ikkita muhim sharoitga rioya qilishi;
-birinchidan, isloxatlar asosiga, jaxon iqtisodiy uyushmasida
xukumronlik qilayotgan, tamoyillar va mexanizmlar holati kiritilishi;
-ikkinchidan, isloxatlarni o‟tkazayotganda avvalgi taraqqiyotning
xususiyatlari va mamlakatdagi xozirgi iqtisodiyot holati, aholining xulkiy
tavsifi, milliy iqtisodiyoti, tub o‟zgarish davrining davom etishi va boshqa
omil va sharoitlar, mamlakatning tarakkiy topishi hisobga olinishi lozim.
Ko‟rinib turibdiki, boshqarish jarayoni, boshqarish tizimining boshqa
katnashchilariga karaganda usha ijodiy tavsifga ega. Bunday san‟at
elementlari ko‟p.
Boshqarish jarayonini tahil qilish uchun kibernetikada kashf etilgan
qonuniyatlarni aniqlash alohida ahamiyatga ega.
Muhandis texnika xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tarkibi deganda uning
soni, o‟lchami funkitsional vazifasi, o‟zaro aloqasi, o‟zaro ta‟sir usullari va
shakillarini aniqlovchi ishlab chiqarish bo‟linmalarining tartibli to‟plami
tushiniladi.
Avtomobil transporti korxonasi muhandis texnika xizmatining tashkiliy
ishlab chiqarish tarkibini ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan
tashqi va ichki omillar hisobga olinadi.
28
Asosiy omillarga:qo‟shma guruhlarning mavjudligi bo‟yicha harakat tarkibi,
saroyning tarkib va o‟lchamlari, ishlab chiqarish ish rejimi va harakat tarkibi
ekispluatatsiyasi jadalligi, ishlab chiqarish mintaqalarida joylashish tavsifi,
bo‟linmalar yoki ijrochilarning ixtisoslashuvi yoki ular tomonidan bir hecha ishlab
chiqarish funktsiyalarini qo‟shish zaruratining imkoniyatining aniqlovchi ishlab
chiqarish personalining soni kiradi.
Avtomobil transporti korxonasi muhandis texnika xizmatining tashkiliy
tarkibini shakillantirishga ta‟sir qiluvchi asosiy tashqi omillarga , ishlab chiqarishni
markazlashtirish, kontsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash
kiradi.
Ishni markazlashtirish deganda turli avtomobil transporti korxonalar harakat
tarkibi bo‟yicha belgilangan ishlarni, ishlab chiqarishni bo‟linmasida yoki maxsus
tashkil qilingan markazlashgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishda bajarish
tushiniladi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning uch xil turi keng tarqalgan:
ixtisoslashgan birigadalar, majmuaviy birigadalar, agregat uchastkalari.
1.
Ixtisoslashgan birigadalar usuli, bu ixtisoslashish belgilari bo‟yicha
tashkil qilinadi.
2.
Majmuaviy birigadalar usuli, ishlab chiqarishni bo‟linmalarining
p edmetli ixtisoslashuvi belgilarga qarab tashkil qilishni ko‟zda tutadi.
3.
Agregat uchastka usulining mohiyati shundaki avtomobil transporti
korxonasi harakat tarkibiga TXK va T dagi barcha ishlar agregatlar
bo‟yicha tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |