Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

9.
 
 Huquqiy faktorlar: elektron savdoni huquqiy tartiblash darajasi.
 


109 
 
8-BOB. WEB-SAHIFA-ELEKTRON TIJORATNING 
 ASOSI SIFATIDA 
 
8.1.Web sahifa ta’riflarining tasniflari va modellari 
 
WWWda  hujjatlar  aniq  bir  kompyuter  platformalariga  mo’ljallangan  yoki 
qaysidir  format  bilan  saqlanishini oldindan  aytib  bo’lmaydi.  Ammo  kompyuterda 
ishlayotgan  foydalanuvchi  qaysi  terminalda  ishlasliidan  qat’iy  nazar,  yaxshi 
formatlangan  hujjatni  olishi  kerak.    Bu  muammoni  HTML  andoza  tili  hal  qiladi. 
HTML  (Hyper  Text  Markup  Language  -  gipermatnni  belgilash  tili)  WWW  da 
gipermatn  hujjatlarni  tayyorlash  vositasidir.  HTML  hujjatning  tuzilishini 
ifodalovchi  uncha  murakkab  bo’lmagan  buyruqlar  majmuyidan  iborat.  HTML 
buyruqlari orqali matnlar shaklini istagancha o’zgartirish, ya’ni matnning ma’lum 
bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish,  shuningdek, boshqa joydan turli xil 
rangli tasvirlarni qo’yish,  audio va video  ma’lumotlarni joylashtirish mumkin. U 
boshqa hujjatlar bilan bog’laydigan gipermatnli aloqalarga ega. 
Odatda, HTML tilida tahrirlash uchun dasturiy vosita talab qilinmaydi, lekin 
tahrirlash  uchun  qulay  vositalar  ko’p.  Ba’zi  dasturiy  vositalarda  yaratilgan  web- 
saytlarni  ayrim  brouzerlar  o’qimasligi  mumkin.  Shuning  uchun,  odatda,  web-
ma’lumotlar HTML tili qoidasi bo’yicha kiritiladi. 
HTML  internet  texnologiyalarida  ishlash  uchun  yaratilgan  bo’lib,  uning 
hujjatlari  (ASCII  kodlarida  yozilgan)  oddiy  matnli  fayllarda  iborat.  Ular  maxsus 
belgilangan  kodlarni  o’z  ichiga  oladi.  HTML  -  hujjatlarni  oddiy  foydalanuvchi 
tomonidan yaratish va tahrirlash uchun MS Front Page, Macromedia Dreamweaver 
va shunga o’xshash bir qancha maxsus dastur vositalaridan foydalanish mumkin. 
MS Windows Notepad (Блокнот) yoki Wordpad tahrirlagichida ishlaganda 
HTML  -hujjatlarni  matn ko’rinishida  saqlash uchun    «Soxranit  kak»  buyrug’idan 
foydalanish kerak. 
Oddiy  matnli  fayldan  HTML  -  hujjatlar  maxsus  belgilar kodi  (teglar) bilan 
farqlanadi.    Bu  kodlar  hujjatni  formatlash,  tayyor  maketni  aniqlash,  boshqa 


110 
 
hujjatlarga taalluqli murojaatlarni ifodalash va boshqa ko’pgina amallarni bajaradi. 
HTML - kodlar, odatda, bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa, o’z navbatida, ularni 
asosiy matndan farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi. 
Maxsus  kodlar  (teglar)da  yozilgan  HTML  -  hujjatning  natijasini  ko’rish 
brouzer    (browser)    deb    nomlanuvchi  dastur  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu 
kategoriyadagi  dastur  vositalariga  HTML  formatdagi  elektron  hujjatlarni  ko’rish 
uchun  mo’ljallangan  vositalar  kiradi.  Zamonaviy  brouzerlar  nafaqat  matn  va 
grafikani,  balki  musiqani,  inson  nutqini,  Internetda  radio  to’lqinlarini  eshitishni, 
videokonferensiyalarni  ko’rishni,  elektron  aloqa  xizmati  bilan  ishlashni,  telekon-
ferensiyalar  xizmati  bilan  tanishish  va  shunga  o’xshash  ko’pgina  imkoniyatlarni  
yaratadi.  HTML  -  hujjatlar  uchun  eng  ko’p  qo’llaniladigan  brouzerlarga  Internet 
Explorer, Opera va Mazillalarni misol qilib keltirish mumkin.  Brouzerda HTML - 
hujjatni  tahrirlash  imkoniyati  bo’lmay,  u  faqat  namoyish  etadi.  Brouzerdan 
chiqmasdan  turib,  undagi  buyruqlardan  foydalanib,  MS  Windows  Notepad  yoki 
joriy  kompyuterda  mavjud  bo’lgan  boshqa  dasturiy  vositalar  yordamida  HTML  - 
hujjatni tahrirlash mumkin. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish