4.3.Elektron va an’anaviy biznes.
An‘anaviy va elekton tijorat ko’rinishlari o’zaro munosabatlarining
sxemasi qanday? Elktron tijorat rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida ―on-
layn rejimiga chiqishǁ korxonaning o’z Web-saytini ishga tushurishini bildirgan.
Lekin ko’p o’tmay korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet
tarmog’ida korxonaning marketing strategiyasisiz va tashkiliy omillarni xisobga
olmasdan samarali bo’lmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan
an‘anaviy va elektron ko’rinishlari o’zaro munosabatlari muhimlaridan biri
hisoblanadi (rasm.4.2.).
An‘anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari
odamlarga, tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan har xpl talablarni
nazarda tutadi. Biznesning etakchi xolatiga odamlar, resurslar, tizimlar va
mijozlar moslashuvi natijalarini o’lchovchi mos vositalar yo’q bo’lgan holda
strategik maqsadlarga erishish mumkin emas. Elektron biznes an‘anaviy
biznesdan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan alohida biznes ko’rinishiga
aylanganda o’zgacha yondashuv talab qiladi. Masalan, tovarlarni an‘anaviy zanjir
ishtirokchilari (distribyutor va ommaviy sotuvchilar) orqali sotadigan ishlab
chiqaruvchi birdan ularni tarmoq orqali to’g’ridan-to’g’ri taklif qilishga qaror
qiladi. Tashkilot an‘anaviy zanjir ishtirokchilarining salbiy (negativ) reaksiyasini
chetda qoldirib, taqsimlashning odatiy jarayonini saqlab qolgan holda tashkilot
mijozlarga yangi usulda xizmat ko’rsata olmaydi. Elektron biznes strategiyasining
samarali ishlashiga imkon beradigan tizimlarni ko’rib chiqish, yaratish va ularni
an‘anaviy operatorlar bilan bog’lash zarur. Agar bu tizimlarni birlashtirilmasa,
ishni olib borishning ikkala usuli (an‘anaviy va elektron) katta zarar ko’rishi
mumkin.
72
An‘anaviy biznes – korxona tovarlar ishlab chiqaradi va ularni
an‘anaviy kanallar orqali sotadi.
Bir qismi elektron tijoratdagi an‘anaviy tijorat. Masalan,
do’konlarda savdo va tarmoqda kataloglar taklifi.
Qandaydir darajada tarmoqqa integratsiyalashgan an‘anaviy biznes.
Masalan, distribyutorlar orqali savdo, ba‘zi ta‘mnotchilar extranet orqali
bog’langan.
Intensiv integrashtirilgan elektron faoliyatli an’anaviy tijorat.
Masalan, distribyutorlar orqali savdo va tarmoq – barcha ta‘minotchilar
extranet orqali ulangan.
An‘anaviy tijorat elektron tijoratga aylanadi: mahsulotlar, xizmatlar
elektron usulda etkaziladi.
Rasm 4.2. An‘anaviy va elektron tijorat ko’rinishlarining o’zaro
munosabatlari sxemasi
.
Ko’pchilik an‘anaviy korxonalar Internet inqilobini qabul qilishga qodir
emas bo’lib chiqdilar. Ular elektron tijoratni yuritish uchun barcha kerakli
resurslarga ega bo’lsalar ham o’zlari uchun yangi tijorat sohasini o’zlashtirishda
hal qiluvchi qadamni amalga oshirmayaptilar. Ba‘zilar tijorat va sanoat inqilobiga
ega jamiyatga ta‘sir qilish ko’lami bo’yicha internet inqilobini taqqoslaydilar. Bu
inqilobdan korxonalar, tashkilotlar va iste‘molchilar ham foydaga ega bo’ladilar.
Korxona uchun elektron tijorat foydasini quyidagicha ko’rsatish mumkin:
-Elektron tijorat bozor chegaralarini kengaytiradi. Korxona xatto katta
bo’lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko’lamda xizmat ko’rsatishi mumkin.
1997 yildayoq aviaqurilish giganti Boeing kompaniyasi o’z ta‘minotchisi sifatida
kichik Venger firmani tanladi. U nafaqat buyurtmani sifatli bajardi, balki
uskunalarni vaqtida va ancha arzon narxda etkazib bera oldi. Bu aloqa elektron
tender orqali amalga oshirilgan.
-Elektron tijorat axborotni olish, qayta ishlash va saqlash kechikishlarini
kamaytiradi. SHu bilan administrativ xarajatlarni kamaytiradi.
73
-Elektron biznes korxonalarga tor doira mutaxassisligida faoliyat yuritishga
imkonberadi.
-Elektron tijorat zaxiraning kamayishi xisobiga qo’shimcha xarajatlarni
sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Mijozning aniq so’rovidan so’ng ishlab
chiqarish boshlanadi.
-Elektron tijorat umumiylashtirilishi buyutmaga asosan ishlab chiqarishga
imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning raqobat qilish imkoniyatlarini oshiradi.
-Biznes
jarayonlarning
tezlashishi
korxonaning
barcha
ishchilari
unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
-Vaqtning real ko’lamida interaktivlik muvofiqlikning mumkinligi. Internetda
aloqa ikki tomonlama bo’lib, real vaqtda yuz beradi va axborot tizimlari
muvofiqligi bilan ta‘minlanadi. Bu marketing qarorlarini qabul qilishda prinsipial
jihatdan muhim hisoblanadi. Bu xususiyatlar marketologga real vaqtdako’pgina
muammolarni (masalan, narx belgilash) hal qilishga imkon beradi.
-Elektron tijorat texnologiyalari mijozlar bilan o’zaro aloqalarni operativligini
oshirishga, mijozlarning katta soni bilan bir vaqtning o’zida ishlash imkoniyati,
mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatigayo’l ochib beradi.
-Bundan tashqari hamkorliklar imkoniyatlarini kengaytirish, ta‘minotchilar va
mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatish, axborotdan erkin
foydalanishni kengaytirish v.h.larni foydaga kiritish mumkin.
Elektron tijorat iste‘molchilarga quyidagicha foyda keltiradi:
-Iste‘molchiga qulay bo’lgan ixtiyoriy vaqtda, tanaffuslarsiz va dam olish
kunlarisiz 24 soat xizmat ko’rsatish;
-Tovar,ta‘minotchilar,narxlar,sifatv.b.parametrlartanlovini kengaytirish;
-To’liq va o’z vaqtida axborot olish imkoniyati;
-Takliflarni taqsimlash va boshqa iste‘molchilar bilan axborot almashinish
imkoniyati.
Elektron tijorat jamiyat uchun ham ma‘lum bir foyda keltiradi:
-Uyda ishlash imkoniyati. Uydan turib xarid qilish transport oqimi va u bilan
bog’liq muammolarni kamaytirishi mumkin.
74
-Nisbatan arzon narxlarda mahsulot sotib olish imkoniyati fuqarolar hayoti
sifatini oshiradi.
-Qishloq erlarida yashovchilar yirik shaharlarda yashovchilar bilan birdek
tovar, xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega.
-Elektron tijorat turli ijtimoiy xizmatlar, masalan, ta‘lim bilan ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |