Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

Xitoy  modeli 
elektron  tijoratning  institutsional  rivojlanishining  ustuvorligini 
Xitoy  tovarlarini  tashqi  bozorga  surish  va  Xitoyning  o‘zida  taqsimlovchi 
infratuzilmani rivojlantirishni taqozo etadi. Elektron tijoratga Xitoyda nafaqat soliq 
tushumlari manbai, balki sanoatda ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning strategik 
muhim  mexanizmi  sifatida  ham  qaraladi.  Aynan  shuning  uchun  ham 
“Xitoydagi 
ko‘plab  logistikaga  oid  faoliyat  turlari  hokimiyat  organlari  tomonidan 
boshqariladi va ular tomonidan qattiq nazorat qilinadi” 
Boshqa  mamlakatlardan  farqli  o‘laroq,  Xitoyda  davlat  tomonidan  elektron 
tijoratni  rivojlantirish  uchun  maqsadga  yo‘naltirilgan  holda  qulay  institutsional 
sharoitlar  yaratilmoqda:  soliqlarning  mavjud  emasligidan  tortib,  to  zamonaviy 
tovar  harakatlanishi  tizimi  hamda  imtiyozli  bojxona  rejimiga  qadar.  Xitoy 
iqtisodiyoti  soliqlarni  elektron  tijoratdan  (  B2C  va  C2C  )  emas,  balki  sanoatda 
ishlab chiqarishdan oladi. Shu bilan birga Xitoyda elektron tijoratda tadbirkorlarga 
soliq solish borasida hech qanday choralar ko‘rilayotgani yo‘q, deb aytish mumkin 
emas.  Rejalashtirilayotgan  soliq  islohoti  shaxsiy  daromad  solig‘ini 
“soliqlarning 
asosiy  turlaridan  biriga  aylantiradi”, 

“korxonalarning  daromad  solig‘iga 
nisbatan yanada muhimroq rol o‘ynaydi”
.  
Shu 
tarzda, 
elektron 
tijoratni 
institutsional 
boshqarish 
sohasida 
yondashuvlarning butun spektrini topish mumkin: qattiq reglamentatsiya qilishdan 
tortib, to beparvolikka va ongli rag‘batlantirishgacha. Faqat bir joydagina elektron 
 
tijoratning institutsionalizatsiya qilinishiga barcha yondashuvlar yagona – u o‘zida 
global  normalar  bilan  boshqarilish  lozim  bo‘lgan  global  hodisa  ekanligini 
anglashda.  Institutsional  ma’noda  elektron  tijorat  hali  o‘zining  huquqiy  toifasiga 
ega bo‘lmagan va uning normativ-huquqiy holati uzil-kesil belgilanmagan. Ushbu 
muammo butun xalqaro huquq tizimining muammosidir. 


180 
 
Savdo  maydonlari  qo‘shimcha  afzalliklarni  ham  taklif  qilishlari  mumkin: 
tovarlar  reklamasini,  mahsulotlarni  upakovka  qilish  bo‘yicha  xizmatlarni  yoki 
to‘liq  boshqariladigan  logistikani  va  mahsulotlarni  yetkazib  berishni.  Bulrning 
barchasi kichik biznes egalarini jalb qiladi.  
Ayrim  Yevropa  mamlakatlarida  mahalliy  internet-do‘konlar  o‘zlarining  milliy 
bozorlarida  ustunlikka  egalar:  Buyuk  Britaniyada  Play.com  (rakuten)  va 
PriceRunner, Germaniyada Zalando va Otto, Buyvip va Ebay.es Ispaniyadagi eng 
ommaviy  saytlar  hisoblanadi.  Shunday  bo‘lsada,  amazon  Yevropada  ustunlik 
qiluvchi  maydon  hisoblanadi.  Fransiyada  savdo  maydonlari  o‘ta  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Rueducommerce,  CDiscount,  Fnac,  La  Redoute  va  Priceminister  ga 
o‘xshash  saytlar  Amazonga  qo‘shimcha  ravishda  bozor  yetakchilaridan  biri 
hisoblanadilar.  
Yevropaning  turli  mintaqalaridagi  jahon  savdo  maydonlarining  keyingi 
yillardagi rivojlanishini tahlil qila turib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, 2015 
yil internet-do‘konlar jahon elektron tijorat gigantlarining saytlarida mahsulotlarni 
joylashtirish evaziga o‘zlarining investitsiyalarni qaytarish ko‘rsatkichlarini  
oshiruvchi  yana  bir  yilga  aylanadi.  Biroq  Yevropa  ittifoqining  to‘lov  xizmatlari 
to‘g‘risidagi  direktivasining  qoidalarining  o‘zgarishi  barcha  maydonlarning 
operatorlari  avvaldan  elektron  to‘lovlarni  amalga  oshirish  borasida  kelishuvga 
erishishi lozimligini anglatadi. 
Forrester  tahlil  agentligi  AQShda  E-commerce  texnologiyalariga  bo‘lgan 
harajatni 12-foizlik o‘rta yillik o‘sish sur’atini bashorat qiladi. Ekspertlar bahosiga 
ko‘ra, 2015 dan 2019 yilga qadar bo‘lgan davr mobaynida Amerika kompaniyalari 
ushba  sohaga  o‘zlarining  byudjetlarini  deyarli  ikki  barobar  oshradilar  –  2015 
yildagi  $1,2  mlrd  dan  2019  yilda  $2,1  mlrd  ga  qadar.  Shu  tarzda  ushbu  davr 
mobaynida elektron tijorat texnologiyalariga bo‘lgan harajatlar 75% o‘sadi.13  
Asosiy  omillardan  biri  jahonda  onlayn-xaridlarning  o‘sishi  bo‘ladi.  Forrester 
bashoratlariga ko‘ra, 2018 yilda rivojlangan davlatlarda ular $1,64 trillionni tashkil 
qiladi. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish