yangilikka intilishga undaydi va u barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu
bozorning bir shakli bo‘lgan banklar o‘rtasidagi raqobat muhitini shakllantirish bu
bevosita mamlakat iqtisodiy tizimini mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi
bank tizimini shakllantirish, banklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, ular
faoliyatini xususiylashtirish asosida banklarning raqobatbardoshligiga erishishini
taqozo qiladi. YUrtboshimiz mamlakatimizda “Banklararo bozorda raqobat
muhitini yaratish, bank va lizing xizmatlari segmentlarini rivojlantirish,
mikrokreditlar
ajratishni
sezilarli
darajada
kengaytirish
uchun
barcha
imkoniyatlarni ishga solish zarur”ligini ta’kidlab o‘tadi. Banklar o‘rtasidagi
raqobatning
sustligi
ular
faoliyatida mablag‘larni ko‘proq an’anaviy
operatsiyalarga yo‘naltirishga va yangi bank mahsulotlari taklifini sustlik bilan
joriy qilinishiga olib keladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bank tizimidan
boshlanganligi, kreditga yashash tamoyilining sub’ektlar o‘rtasida keng tarqalib
borayotganligi va bank riskining oshishi banklar o‘rtasidagi raqobat muhitining
chuqur tahlil qilinmaganligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib,
bank tizimini erkinlashtirishga ustuvorlik berilayotgan, banklarning iqtisodiyot real
sektorini rivojlantirishdagi roli oshib borayotgan sharoitda inqirozga qarshi
choralar dasturini amalga oshirishda tijorat banklari o‘rtasida sog‘lom raqobat
muhitini rivojlantirish dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammo
hisoblanadi.
Bank xizmatlar bozoridagi raqobatning keskinlashib borishi, banklarning
raqobat bozorida turli xizmat turlarini ko‘paytirish va ularning sifatini oshirishni
talab etmoqda. Ushbu holat albatta iqtisodiy adabiyotda
bank xizmatlari bozoridagi
raqobat va banklararo raqobat tushunchalarining turli xil talqin qilinishi iqtisodiy
mohiyatini chuqur tahlil etishni taqozo etadi.
Banklararo raqobatning rivojlanishi banklar o‘rtasidagi munosabatlarning
rivojlanishiga ta’sir etib qolmasdan, balki bevosita iqtisodiyotning barqaror
sur’atlarda rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘z navbatida, banklararo raqobat
muhiti rivojlanishi jarayonida, bank tizimi mahsulotlari xilma-xillik darajasining
ortib borishi xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini oshirib, real sektorda
tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, kichik biznes va tadbirkorlikning
rivojlanishiga va raqobatbardosh mahsulotlar ulushi ortishiga olib keladi.
Banklararo raqobat ko‘pqirrali iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa
bozorlardagi raqobat muhiti shakllanishidan tubdan farq qiladi. Fikrimizcha,
banklararo raqobat xususiyatlari quyidagilardan iborat: banklararo raqobat, tovar
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi raqobatga nisbatan kech vujudga
kelgan bo‘lsada, barqaror sur’atlarda o‘sib bormoqda; banklararo raqobat bozorida
banklar bilan birgalikda bankdan tashqari moliya-kredit institutlari ishtirok etadi;
banklararo raqobat bozorida banklar bir holatda sotuvchi, ikkinchi holatda esa,
xaridor sifatida ishtirok etadi, respublikamiz banklari raqobat bozorida hozirgi
kunda faqat kredit resurslarini sotib oluvchi sifatida ishtirok etmoqda; bank
ishining har bir yo‘nalishi o‘zining alohida xususiyatiga ega bo‘lib, intensiv
raqobatni tashkil etish imkonini beradi; baholi raqobatni chegaralash, bu birinchi
navbatda, bank xizmatini boshqarish sifatini oshirish va reklamani tashkil etishda
ta’minlashda banklar o‘rnini yirik kompaniyalar egallay boshladi. Bu
kompaniyalar bank biznesining investitsiyalarni jalb etish, obligatsiyalar, aksiya va
derivativlarni emissiya qilish, maslahatlar berish va tashkilotlarga sindikatlashgan
kreditlar berish kabi funksiyalarini o‘z zimmasiga ola boshladilar.
Banklararo raqobat deb banklararo bozorda resurslarni jalb qilishdagi o‘zaro
munosabatlar va barcha bank xizmat turlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga
keladigan raqobatga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan “Tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida” gi qonunga asosan raqobat
- raqobat - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda
ularning mustaqil harakatlari har bir sub’ekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi
tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini
cheklaydi.
SHuningdek, insofsiz raqobat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik
faoliyatida ustunlikni qo‘lga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish
muomalasi odatlariga zid bo‘lgan, ular o‘rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan
va amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli tovar
bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish
imkonini beradigan harakatlari sifatida e’tirof etiladi.
Insofsiz raqobatga, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga zarar keltiradigan
yoki uning tadbirkorlik obro‘siga putur etkazadigan yolg‘on, noaniq yoki buzib
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishga;
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan
individuallashtirish
vositalaridan,
mahsulotni,
xizmatlar
bajarishni
individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar
sotishga;
tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, iste’mol xossalari, sifati
xususida iste’molchilarni chalg‘itishga;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning, shu jumladan uning reklama faoliyati
jarayonida ham, o‘zi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning tovarlari bilan qo‘pol taqqoslashiga;
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat
sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;
yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini
to‘sishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bozorda ustun mavqe o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida yoki bir-
birining o‘rnini bosadigan tovarlar bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning (bir
guruh shaxslarning) o‘ziga (o‘zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozorga kirish erkinligini
qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda
cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh
va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning (bir guruh
shaxslarning) mavqei ustun mavqe deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: