Bank menejmenti va marketingining banklar faoliyatidagi ahamiyati.
Bank menejmentining mazmuni va uning nazariy asoslari.
Bank menejmentining maqsadi va vazifalari.
Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi va unda tartibga solish va
nazoratning o‘rni.
1. Bank menejmenti va marketingi fanining predmeti va uning boshqa
fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Bank menejmenti va marketingi fanining
maqsad va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor
sohalardan biri hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning etakchi davlatlari
qatoriga chiqib olishni vazifasi belgilagan respublikamiz taraqqiyotida va iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishda bank va bank tizimining salmoqli ulushi bor.
O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida
mamlakatimizda ikki pog‘onali bank tizimi shakllantirildi va banklarning amalga
oshiradigan operatsiyalari xalqaro darajaga ko‘tarildi. Xususan bank tizimining
erkinlashtirilishi va xususiylashtirilishi bunga misol bo‘la oladi. Banklarning
ixtisoslashuvidan voz kechish va ular faoliyatining universallashuvi ham aynan
mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning biri hisoblanadi.
Har bir korxona va tashkilot faliyatini amalga oshirishda muhim masalalardan
biri sifatida boshqaruv masalasiga duch keladi. Tijorat banklari ham ko‘zlangan
strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun samarali boshqaruv tizimiga ega
bo‘lishi talab etiladi.
Prezidentimiz I.A. Karimov o‘z ma’ruzalarida «Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan
jamiyat qurish uchun avvalambor, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xizmat
qiladigan tarmoqlar, jumladan, tijorat banklari tarmog‘i faoliyatini rivojlantirmay
turib, ma’rifatli bozor sari aniq qadam tashlash to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi
mumkin emas.»deb ta’kidlab o‘tganlar. Mamlakatimiz Hukumati va Markaziy
banki iqtisodiyotni bosqichma-bosqich isloh qilish qoidasiga rioya qilgan holda
bank-moliya sektorida samaradorlikka erishishga, institutsional o‘zgarishlarning
unumdorligini oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirishga katta e’tibor
qaratmoqda. CHunki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari aynan bank
tizimining barqarorligiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 22 yanvarida bo‘lib
o‘tgan 1-sessiyasi 2-chaqirig‘ida Prezident Islom Karimov so‘zlagan nutqida
ta’kidlanganidek, iqtisodiyotning erkinlashuvi va korxonalarning iqtisodiy faoliyat
erkinligining kengayishi, bir tomondan davlatning boshqaruv rolini qisman
cheklashni talab etadi hamda boshqa tomondan bu ularning daromadlarini samarali
joylashtirishga imkon beruvchi sharoit va erkinlik yaratish uchun kerak bo‘ladi.
Afsuski, shunday bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi bank tizimida xozircha
hal etilmagan
masalalar mavjud, ayniqsa, ko‘p tarmoqli bank tizimini shakllantirish, bank
tizimidagi boshqaruvni qisman erkinlashtirilishi bank tizimini xususiylashtirish, va
bank boshqaruvchilari tomonidan zamonaviy korporativ boshqaruv tajribasi
egallanishi sohasida bir qator echimini kutayotgan muammolar mavjud.
Xususan, banklarning tashqi iqtisodiy faoliyati, norezident banklar va mijozlar
bilan munosabatlarining rivojlanishi boshqaruv tizimini rivojlantirish zarurligini
ko‘rsatadi. Banklarda samarali menejmentning tashkil etilishi bank barqarorligi va
daromadliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: