Boshqaruvchining boshqaruvchilik uslubi
- bu boshqaruv jarayonida
kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir.
Boshqaruvchining ish uslubi -
bu boshqaruv funksiyalarini samarali
bajarish
maqsadida
biror
bir
organning
yoki
boshqaruvchining
bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va
yo‘llari majmuasidir.
Byudjetdan tashqari jamg‘arma kredit liniyasi
- byudjetdan tashqari
jamg‘arma tomonidan kichik biznes sub’ektlarini maqsadli asosda kreditlash uchun
tijorat banklariga ularning balansida uning summasini aks ettirgan holda
ajratiladigan mablag‘lar.
Valyuta -
bu xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan u yoki bu mamlakat
milliy pul birligida ifodalangan to‘lov hujjatlari va pul majburiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |