6-BOB. AUDITNING UMUMIY STANDARTLARI
6.1. Moliyaviy hisobotni tekshirishning maqsadi
Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi tekshiruv jarayonida aniqlangan
xatoliklarni aniqlab, ularni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha kerakli ko’rsatmalarni
berish hisoblanadi. Shu boisdan auditorlik tekshiruvi amaliyotida tekshiruvni amalga
oshirishning turli xil shakllarini qo’llashni talba qiladi.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari uslubiy xarakterga ega bo’lganligi
tufayli ko’pincha uni auditni o’tkazish texnikasi ham deb atashadi. Auditorlik
tekshiruvini o’tkazish muddati, tekshiruvda foydalaniladigan manbalarning hajmi va
turi, uni amalga oshirishning usullariga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvini
o’tkazishning turli xil shakllari farqlanadi.
Audit o’tkazishning muddatiga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvi quyidagi
turlarga bo’linadi:
1.
Qayta auditorlik tekshiruvi;
2.
Joriy auditorlik tekshiruvi;
3.
Yakuniy auditorlik tekshiruvi.
Qayta auditorlik tekshiruvi hali boshlanmagan ishlarni nazorat qilishni ko’zda
tutadi. Bunday auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan maqsad keyinchalik har xil
xatoliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishdan iborat. Korxona va
tashkilotlarda oldingi auditorlik tekshiruvi asosan mehnat munosabatlari, moddiy va
moliyaviy resurslar bo’yicha o’tkaziladi. Oldingi auditorlik tekshiruvi xodimlarning
malaka darajasini oshirish, qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik reserslarining
maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi.
Oldingi auditorlik tekshiruvi odatda ichki auditorlar hamda korxona
mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Keyingi vaqtlarda auditorlik tekshiruvining
ushbu shakli tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkazilmoqda.
Oldingi auditorlik tekshiruvi eng ko’p qo’llaniladigan ob’ekt bu investitsiya
loyihalari
samaradorligini
baholashdir.
Aynan
investitsiya
loyihalarining
samaradorligi baholanganda ichki auditorlar hali loyiha amalga oshirilmasdan oldin
52
unga yo’naltiriladigan xarajatlarning maqsadli ekanligini hamda ularning
oqlanuvchanlik darajasini aniqlaydilar.
Joriy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalasi sodir bo’layotgan vaziyatda
o’tkaziladi. Auditorlik tekshiruvining bu shakli xatolar va kamchilik yuz bergan
vaqtda ularni tezkor ravishda to’g’rilash hamda bu vaziyatda ilg’or tajribalarni
qo’llashni tatbiq etishni ta’minlaydi.
Bu shaklning afzalligi shundaki, xatolar yuz bergan vaqtda ularni o’z vaqtida
to’g’rilash imkoniyatini beradi. Shuningdek, joriy auditorlik tekshiruvi korxonada
«doimiy» xatolarni aniqlash imkoniyatini ham beradi.
Joriy auditorlik tekshiruvi ichki auditorlar tomonidan ham, tashqi auditorlar
tomonidan ham o’tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashabbuskorlik hamda
majburiy tarzda o’tkaziladi. Majburiy auditda joriy auditorlik tekshiruvi moliyaviy
hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi.
Yakuniy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalalari sodir bo’lganidan, ish
bajarib, tugallanganidan keyin o’tkaziladi. Bu shakldagi auditorlik tekshiruvi ancha
kech, ya’ni muomalalar sodir bo’lgandan keyin o’tkazilsada, uning o’rni muhimdir.
Yakuniy auditorlik tekshiruvining muhim vazifalaridan biri – bu korxonada yo’l
qo’yilgan kamchilik va xatolar xususidagi ma’lumotlarni rahbariyatga berishdir. Bu
ma’lumotlar asosida korxona keraklicha xulosalar chiqarishi hamda keyingi rejalarda,
loyihalarda audit natijalaridan foydalanishi mumkin.
Majburiy audit, odatda, yakuniy auditorlik tekshiruvi shaklida bo’ladi. Chunki
barcha xo’jalik muomalalari o’tgan hisobot davrida sodir bo’lgan hamda auditor
xulosa yozayotganda bevosita o’tgan davr uchun yozadi. Yakuniy auditorlik
tekshiruvining eng muhim ustunligi shundaki, u audit qilish jarayonida barcha
ob’ektlarni qamrab oladi. Chunki auditorlik firmasi yoki auditor xulosa yozishda
korxonaning butun faoliyatini o’rganib chiqishi lozim bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:
1.
Hujjatli tekshirish;
2.
Haqiqiy tekshirish.
53
Hujjatli tekshirish xo’jalik muomalalarining to’g’ri bajarilganligini aniqlash
maqsadida hujjatlar bo’yicha tekshirishning amalga oshirilishini anglatadi. Hujjatli
tekshirishning manbalari bo’lib birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisob registrlari,
tashkilotning biznes-reja hamda hisobotlari va boshqalar hisoblanadi.
Haqiqiy nazorat tekshiriladigan ob’ektning real, amaldagi holatini aniqlash
maqsadida inventarizatsiya, laboratoriya analizi va boshqa usullar yordamida
o’tkaziladi. Bunday nazorat turi auditorlik amaliyotida korxonadagi mavjud mulkning
naqdligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bundan tashqari hujjatli tekshiruv pul
mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy holati, asosiy
vositalardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Tekshiruvni amalga oshirish usuli nuqtai nazaridan auditorlik tekshiruvlari
quyidlagi turlarga bo’linadi:
-
kamomad va xatolarning aybdorlarini qidirish;
-
xo’jalik tortishuvi;
-
iqtisodiy tahlil.
Kamomad va xatoliklarning aybdorlarini qidirish korxonaga moddiy zarar
etkazgan shaxslarni va ularning etkazgan zarar summalarini aniqlashdan iborat.
Bunday tekshiruv usulining muhim xususiyati shundaki, u nafaqat moddiy zarar
summasini qoplashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki zarar summalari bo’yicha
aybdorlar jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.
Xo’jalik tortishuvi – bu korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan
bo’layotgan o’zaro hisob-kitoblarining qonuniyligini aniqlash usulidir. Xo’jalik
tortishuvi korxonalar bilan mahsulot etkazib berish munosabatlarida ham, soliq
organlari bilan munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin.
Ko’pincha xo’jalik tortishuvlari «tinchlik yo’li» bilan hal etiladi, agarda u
kengroq ko’lamda bo’lsa, sud organlari orqali hal etiladi.
Agar ikki tomon o’rtasida o’zaro bahsli vaziyat vujudga kelsa, bir tomonning
tashabbusi bilan auditor xo’jalik tortishuvi usulini qo’llaydi. Bunday tekshiruv
natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
54
Iqtisodiy tahlil korxona moliya-xo’jalik faoliyatining samaradorligiga baho
berishda keng qo’llaniladi. Iqtisodiy tahlil natijasida ishlab chiqarishning
samaradorligi, mulkning likvidligi va boshqa moliyaviy koeffitsientlar aniqlanadi.
Iqtisodiy tahlil natijalari jadvallar, grafiklar, formulalar, matnli yozuvlar ko’rinishida
rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tekshiruvidan oldin audit guruhi boshlig’i tomonidan dastur ishlab
chiqiladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi:
- auditning maqsadi;
- tekshirishga qo’yilgan korxonaning asosiy uchastkalari va hisob bo’limlari;
- guruh a’zolari o’rtasida vazifalarning biriktirilishi;
- tekshirish boshlanishi va tugatilishining muddati va davom etish muddati.
Auditning maqsadi auditor korxonaga nima maqsadda kelganligi va tekshirish
korxona uchun qanday ahamiyatga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Auditor korxona
hisob ishlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun keladi.
Audit davomida ish olib boriladigan uchastkalar dasturda ko’rsatiladi. Eng
avvalo, korxona moliya-xo’jalik faoliyatida va uning moliyaviy natijalarining
shakllanishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalar tanlab olinadi.
Agar tekshiriladigan uchastkalar noto’g’ri tanlansa, bunga auditor javobgar
hisoblanadi. Har bir tekshiriladigan uchastkada tekshirish turi – to’liq yoki tanlov
yo’li bilan belgilanadi.
To’liq tanlash kassa muomalalarida, bank hujjatlari, bo’nak hujjatlari,
ta’sischilar bilan hisoblashish haqi, ishlab chiqarish zahiralari, hisoblashishlar
bo’yicha olib boriladi.
Agar u alohida olib borilsa, tanlab tekshirish bo’ladi.
Materiallar hujjatlarning etishmasligi tufayli, odatda, to’liq tekshirish
qiyinlashadi.
Yangi auditorlarga kassa va bo’nak hujjatlarini, malakali auditorlarga bosh
daftar va hisobotni tekshirish yuklatiladi.
55
Auditorlik tekshiruvining davomiyligi har xil bo’ladi, 2 haftalik tekshirish
aniqroq va to’liqroq ma’lumotni berishi mumkin. Har xil sabablar tufayli tekshirish
cho’zilishi mumkin.
Tekshirish dasturini tuzish, mutaxassislarni guruhlarga bo’lish, auditorlik
xulosasini yozish uchun mijoz korxona haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Unda
quyidagilar bayon etiladi:
-
korxonaning tarmoq xususiyati;
-
korxonaning tashkiliy tuzilishi;
-
ishlab chiqarish aloqalari (mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan);
-
moliyaviy aloqalari;
-
yuridik majburiyati (DSI, davlat maqsadli fondlari oldida majburiyat).
Korxona haqidagi ma’lumot bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
a.
Hisob ishlariga aloqador bo’lmagan xodimlar, o’rta zveno ishchilari, oliy
boshqaruv xodimlarining berilgan savollarga fikrlari.
b.
Asosiy ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, omborlarni borib ko’rish va
ko’zdan kechirish.
c.
Ichki va tashqi hisobotlar va nashrlar. Tashqi hisobotilarga – ish bilan
bog’liq nashrlar, tarmoq bo’yicha analitik hisobotlar tahlili, asosiy raqobatchi va
tarmoqdagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va hokazolar. Ichki hisobotlar –
Ta’sischilar umumiy yig’ilishining bayonnomasi, loyiha-smeta hisobotlari, ichki
auditor hisoboti va boshqalar.
Auditor mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi
omillarni bilishi shart.
Har bir iqtisodiy sub’ektning individual xususiyatidan kelib chiqib, audit
strategiyasi tanlab olinadi. Tekshirish strategiyasida quyidagilar belgilab olinadi:
-
tekshirish dasturini tuzishda axborotlar yig’ish;
-
yig’ilgan axborotlarni o’qish;
-
auditorlik tavakkalchiligini qayta baholash;
-
tekshirishning mohiyatini, davomiyligini, chegaralarini belgilash.
Tekshirish strategiyasi audit rejasi ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |