39-modda. Vasiy yoki homiy tomonidan yetkazilgan
mulkiy zararning o‘rnini qoplash
Vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga
g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni
to‘liq hajmda qoplanishini vasiydan yoki homiydan talab qilishi shart, vasiylik
yoki homiylik tugatilganda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi muomalaga
layoqatli shaxs talab qilishga haqli.
Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-
mulkini saqlashga va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini
boshqarishga doir majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda
(mol-mulkni yaroqsiz holga k ltirish, lozim darajada saqlamaslik, mol-mulkni
lgilangan maqsad uchun sarflamaslik, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-
mulkining qiymati pasayishiga sabab bo‘lgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga
oshirish va boshqalar) vasiylik va homiylik organi bu haqda dalolatnoma tuzishi
hamda vasiyga yoki homiyga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan
mulkiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida talabnoma taqdim etishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |