Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiylarning yoki homiylarning mol-
mulkiga nisbatan, vasiylar yoki homiylar esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxslarning mol-mulkiga, shu jumladan, alim ntlar, p nsiyalar, nafaqalar
summalariga hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarga nisbatan mulk huquqiga ega
bo‘lmaydi.
Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra umumiy mulk huquqi
asosida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga t gishli
bo‘lishi mumkin.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar o‘z vasiylarining yoki homiylarining
mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.
Vasiylarga yoki homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-
mulkidan o‘zlarining manfaatlari yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.