19-modda. Bolaning turar joyga
bo‘lgan huquqlari kafolatlari
Har bir bola turar joyli bo‘lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonun
hujjatlarida b lgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila a’zolari
bo‘lgan bolalar ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, turar joy mulkdori yoki
turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega
bo‘ladi.
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari,
vasiylari yoki homiylari qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalar, ota-onasining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki
turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik b lgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida
bo‘lgan turar joyni o‘zga shaxsga o‘tkazish uchun vasiylik yoki homiylik
organining roziligi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |